Sportchi kelin ikkita qo‘lini yonga cho‘zib ko‘taradi.
Sportchi kelin: – Gantel olgani oyijon! Gantel!
Farmonbibi:– Gantel bor edi-ku?!
Sportchi kelin: – Unisi yengil bo‘lib qoldi. O‘g‘lingizga berib yubordim.
Farmonbibi: – O‘g‘limga?! Oxiri o‘g‘limni ham qo‘shib ko‘tarib otib yubormasangiz bo‘lgani! Haa, yengillik qilgan bo‘lsa ikkita chelak, og‘irlik qilsa bitta chelak suvni to‘ldirib olib sep! Ana senga gantel, mana senga sport!
Sportchi kelin:– Oyijon! Hech qaysi soha mamlakatni sport kabi dunyoga tezda mashhur qila olmaydi.
Farmonbibi: – Bu ham Nigoraning gapimi?
Sportchi kelin: – Yo‘q oyijon! Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zlari.
Farmonbibi: – Haa! Shundaymi? To‘g‘ri gap. Lekin chaqqon kelin mahallani dong‘ini chiqaradi.