Konstitutsiya davlatning yuksak yuridik kuchga EGA boʻlgan asosiy qonuni



Yüklə 14,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü14,77 Kb.
#200370
Konstitutsiya - Vikipediya



Konstitutsiya
davlatning yuksak yuridik kuchga ega boʻlgan asosiy qonuni
Konstitutsiya (
lotincha
constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu
davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va
boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda
shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va


erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.
Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi
yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor.
Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga
soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya
esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud
munosabatlar. Konstitutsiya oʻz shakliga koʻra,
kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga
boʻlinadi. Kodekslashtirilgan konstitutsiya — konstitutsiyaviy
xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi


bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar
bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda
konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash
turdagi konstitutsiya 
parlament
 tomonidan qabul qilingan
qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy
sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi.
Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha konstitutsiya yumshoq va
qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul
qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus
takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining
malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish,


tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari
tomonidan ratifikatsiyalash) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish
muddatlari boʻyicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat
turlarga boʻlinadi.
Davlat faoliyatining turli sohalarida konstitutsiyaga rioya
qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki 
Konstitutsiyaviy sud
zimmasiga yuklanadi. „Konstitutsiya“ atamasi 
Qadimgi
Rimdayoq
 bor edi (imperator konstitutsiyasi deb atalgan
qonun). 
Amir Temur
„Tuzuklar“i Sharq va Osiyo mamlakatlari
sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat
xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda


Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan.
Yevropadagi
tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan
konstitutsiyalarning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh —
hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda
qabul qilingan eski konstitutsiyalar. Bu xildagi
konstitutsiyalarga 1787-yilgi 
AQSH
Konstitutsiyasi, 1831-yilgi
Belgiya
 konstitutsiyasi, 1874-yilgi 
Shveysariya
 konstitutsiyasi
misol boʻla oladi. 2-guruhga XX asrning 2-yarmida qabul
qilingan „yangi avlod“ konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki
konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar institutining,
konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy


qilish uchun hokimiyat nazoratining institutsionallashtirilgan
mexanizmlarini oʻz ichiga olgan“ darajada konstitutsiyaviy
hisoblanadi.
Prezident
Respublika
Parlament
Monarxiya
Yana qarang
Manbalar

Yüklə 14,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin