Konstitutsiya farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori



Yüklə 9,63 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü9,63 Kb.
#185541
Konstitutsiya farovon hayotimiz poydevori



Salayeva Quvonchoy Rustam qizi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar) kunduzgi
2-bosqich EK-03 guruhi
+998990290696

Konstitutsiya - farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori.

Konstitutsiya – bir mamlakatning asosiy qonuni bo’lib,inson huquqlarini himoya qilish va davlat tashkilotining asosiy qoidalari va taraqqiyotni ta’minlash uchun kerakli qonuniy asosdir.Bu hujjat davlatning boshqaruv tizimini,huquqni,erkinlarni,huquqiy tartibni belgilaydi va fuqarolarni huquq va burchlarini himoya qiladi.


Konstitutsiya, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarida belgilangan prinsiplar va qoidalar asosida tuzilgan bo'lib, uning muhimiyligi va ahamiyati juda yuqori. Mamlakatning rivojlanishining asosiy poydevori Konstitutsiya tomonidan belgilanadi va uning barcha fuqarolar uchun o'ziga xos ahamiyati bor.
Har bir yosh avlod,yoshlik davridan o’z huquqlarini bilishi,ularni asta-sekin amalda amalda qo'llashga o'rgatish va kelajakda fuqarolik jamiyati qurish yo'lidagi aniq maqsadli harakatlarni amalga oshirish lozim. Konstitutsiya umuman olganda barchamizni huquqlarimiz va erkinliklarimiz, burchlarimiz aks etgan oliy qonunimizdir. Oliy qonunimizning muqaddima qismida aytib o'tilganidek hozirgi va kelajak avlod oldidagi mas'uliyat tushunchasi keltirib o'tilgan bo'lib, nafaqat bugungi kunimiz va kelajagimiz oldidagi yuksak vazifalarni anglagan holda har bir insonnni huquqlari ahamiyatli va yuqori darajada ekanlgini ko'rishimiz mumkin. Konstitutsiyamiz - hayotimiz kafolatidir. Chunki deyarli har sohada fuqarolarning erkinliklari, oliy qonunimiz oldidagi belgilangan vazifalari belgilangan. Har bir inson konstitutsiyada belgilangan huquqiy kafolatlari qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish orqali yildan yilga sayqallanib mustahkamlanib bormoqda. Jamiyat rivojlangan sari undagi huquqlar va erkinliklar kengayib boradi va fuqarolik jamiyati qurilishi uchun mustahkam asos bo'lib, xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning 41-moddasi "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari" bo'yicha tuzilgan. Bu modda, har bir fuqaro o'zining insoniy va fuqarolik huquqlari bilan ta'minlanganligini, huquqiy tartibning himoyalanganligini, davlat organlarining fuqarolarga qarshi kurashishlari va ularning huquqlarini himoya qilishlari ta'rifiy etiladi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning bu moddasi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishning yagona yo'li emas, balki davlat organlari tomonidan fuqarolar bilan mas'uliyatli munosabatlarni ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish uchun qonuniy va amaliy tadbirlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.
Konstitutsiyamizning 9-moddasida va 6- bo'lim Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'limida keltirib o'tilganki, Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo'yiladi. Referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi." "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar tegishligicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O'zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi." "2022 yil 20 may kuni Oliy Majlis palatalari Kengashlari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. O'tgan bir oy davomida mazkur komissiyaga xalqimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushdi. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari bo'yicha bir qator majburiyatlar olgan bo'lib, ularga xususan davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanliklari, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlashi kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Konstitutsiya haqida bilishimiz kerak bo'lgan jihatlar hali ko'p va biz yoshlar shuning uchun ham chuqur va samarali ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanishimiz va seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish orqali o'z fikrimizni va g'oyalarimizni bayon etamiz. "Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir" degan maqol bejiz aytilmagan singari biz yoshlar ushbu fikrlarni anglagan holda ko'proq izlanishimiz va kerakli va zarur bilimlarni egallashimiz lozim. Shundagina biz o'z sohamizni anglagan yetuk mutaxasis bo'lib yetishamiz.Biz kelajak avlodni ham Kunstitutsiyamizga hurmat ruhida tarbiyalash va ularga Konstitutsiya bizning asosiy qonunimiz ekanligini anglatishimiz uchun ko'proq targ'ibot tadbirlarini tashkillashtirishimiz zarur. Har bir shaxs óz kelajagini óylagan holda farzandlari shu bilan bir qatorda ózining kelajakda foydalanishi mumkin bólgan huquq va manfaatlarimizni bilib qöyishimiz maqsadga muvofiqdir. Fikrlarni umumlashrirgan holda shuni aytish ham joizki, konstitutsiya avval ham bólgan, bugun ham mavjud, kelajakda ham albatta mavjud bóladi.Bir so’z bilan aytganda, Konstitutsiya mamlakatning mustaqil, adolatli va demokratik rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Yüklə 9,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin