“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 217
w www.oriens.uz 2021 December Qomusimizning uchinchi bobida Konstitutsiya va qonunning ustunligi haqidagi
norma o‘z ifodasini topgan. Bu esa, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan tub
islohotlar, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan 2017−2021 yillarda
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida belgilangan Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasidagi
ustuvor yo‘nalishlarining qonuniy ifodasidir.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar bir xil huquq va
erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bu qoidaga ko‘ra
qonun oldida barcha barobar. Mamlakat qonunlariga yoshidan, mansabidan qat’i
nazar –barcha fuqaro bo‘ysunmog‘i shart. Jamiyatda bunga erishi uchun davlat
idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar o‘z ish faoliyatlarida
Konstitutsiya va qonunlarga amal qiladilar. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
huquqning e’tirof etilgan umumiy maqomlari ustunligini tan oladi. Birorta qonun
ham, me’yoriy huquqiy hujjat ham Konstitutsiya va qonunlarga zid bo‘lmasligi
kerak.
Ma’lumki, huquqiy demokratik davlatning eng muhim shartlaridan biri shaxs
manfaatlarining muhofaza qilinishidir. Boshqacha qilib aytganda, davlat davlatligini
ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, fuqarolarini o‘z muhofazasiga olishi zarur. Binobarin, Bosh
qomusimizda ham inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat
sifatida ulug‘lanadi.