Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
konstitutsiya uz

143-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda 
bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori
va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. 
144-modda. 
Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga Oʻzbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. 
Qoraqalpogʻiston 
Respublikasining 
prokurori 
Oʻzbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston 
Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. 
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari Oʻzbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat 
muddati – besh yil. 
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas. 
145-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura organlari oʻz vakolatlarini 
boshqa davlat organlaridan, oʻzga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan 
mustaqil ravishda, faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
va qonunlariga boʻysungan holda amalga oshiradi. 
Prokurorlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy 
maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalariga aʼzolikni toʻxtatib 
turadilar. 
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat 
koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
146-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash 
boʻyicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda 
bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning boʻlinmalarini 
tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. 


42 
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini 
himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari
va fuqarolar yordam koʻrsatishlari mumkin. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin