7.3. Kon jinslarini ikkilamchi maydalash ishlari. Kon jinslarini ikkilamchi maydalash deganda nogabarit bo‘laklami portlash ta’sirida, termik, elektromexanik, mexanik va boshqa usullarda qayta maydalash tushuniladi. Nogabaritlami portlatish ta’sirida maydalashda shpurli va ustqo‘yma zaryadlardan foydalaniladi. Ustqo‘yma zaryad usuli kichik hajmdagi ikkilamchi maydalashda qo‘llaniladi.
Qalinligi A,=4—5 sm bo‘lgan ustqo‘yma zaryad nogabaritning ustiga qo‘yilib, uning usti qalinligi h> hz boigan glina yoki qum tiqin bilan qoplanadi (16-a rasm). Ustqo‘yma zaryad samaradorligini oshirish uchun kumulativ bo'shliqli kuchli PM zaryadidan foydalaniladi (16-b rasm). Bunda PM sarfini 5 - 7 marta kamaytirishga erishiladi.
Shpurli zaryadlar qo‘llanilganda shpurlarning diametri 25 - 60 mm, chuqurligi esa hA = (0,25- 0,5) hn tashkil qiladi( h - nogabarit qalinligi). PM solishtirma sarfi 0,1- 0,3 kg/ m3 boUishi mumkin. Shpurlami burg‘ilash qo'l yoki kolonkali perforatorlar yordamida bajariladi. PM sarfi va jins bo'laklarining uchib ketish masofasini qisqartirish maqsadida shpurlar tubiga yuqori brizantlikka ega PM laming kichik (odatdagi zaryadlarga nisbatan 8-12 marta kichik) zaryadlari joylashtiriladi va shpuming qolgan qismi suyuqliq bilan to'ldiriladi, ya’ni gidrotiqinlanadi (16-d rasm). Shpurdagi suyuqlikning mumkin bo'lgan uzunligi esa 30-35 sm ni tashkil qiladi.
Mexanik usulda ikkilamchi maydalash massasi 1,5-5 t bo'lgan kran yoki ekskavatoming ko'tarish simarqoniga osilgan yukning og'irlik kuchi ta’sirida nogabaritni maydalashga asoslangan. Yuk shar yoki silindr shaklida bo'lishi mumkin. Ikkilamchi maydalash samaradorligi maxsus tosh maydalovchi mashina yordamida yo'naltirilgan zarba berish natijasida yuqori bo'ladi. Nogabaritlami termik va elektrotermik usulida ikkilamchi maydalash tosh bo'laklarini turli issiqlik manbalari (reaktiv gorelkalar, elektr yoyi va boshqalar)dan foydalanib qizdirishga asoslanadi. Karyerlarda nogabarit bo'laklami ikkilamchi maydalashda sanoat chastotasiga ega bo'lgan past kuchlanishli elektr tokidan foydalaniladi.