5.3. Karyerlarda portlatish ishlari. Pog‘onalarda skvajinalar bir va ko'p qatorda joylashtirilishi mumkin. Bir qatorda joylashgan skvajinalar orasidagi masofa a, qatorlar orasidagi masofa b va pog'ona osti bo'yicha qarshilik chizig'i W skvajinalar joylashishining asosiy parametriari hisoblanadi (12-rasmga qarang). Portlatish natijalariga W miqdori katta ta’sir ko'rsatadi. Agar Wmiqdori keragidan ortiqcha bo'lsa, pog'ona ostki maydonini tekislash ishlari qiyinlashadi, kam bo'lganda esa portlash energiyasining katta qismi jinslarni maydalashga emas, itqitishga sarflanadi.
Skvajina zaryadlarini portlatish oniy va qisqa kechiktirilgan boiishi mumkin. Qisqa kechiktirilgan portlatish usuli jinslarning massivdagi ajralib chiqish yo‘nalishining o‘zgarishi va potrlash energiyasidan toiaroq foydalanish hisobiga skvajinalar orasidagi masofani qisqartirishga imkon yaratadi hamda portlashning seysmik ta’sirini kamaytiradi.
Karyerlarda bajariladigan kon ishlari turli sharoitlarda olib borilishi tufayli muhofazalanmagan sochma donador, suvga to‘ydirilgan va kukunsimon ammiak silitrali PM larning keng assortimentidan foydalaniladi. Suvsiz skvajinalarni portlatishda sochma donador PM lar (grammonitlar, granulitlar, igdanitlar) dan foydalaniladi. Konstruksiyasi bo‘yicha skvajina zaryadlari yaxlit va tarqoq bo‘lishi mumkin (15-rasm). Skvajina ostki qismiga joylashtirilgan yaxlit PM zaryadi portlatilganda, asosan, pog‘onaning pastki qismiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yaxlit zaryadlami (ayniqsa qiyin maydalanadigan qattiq jinslami portlatganda) nogabaritlar hosil bo‘ladi. Skvajinada tarqoq joylashtirilgan zaryad portlatilganda yaxlit zaryad portlatilgandagiga nisbatan jinslaming bir tekis va sifatli maydalanishiga erishiladi.
Karyerlarda portlatish ishlarini loyihalashda w, b, a qiymatlari kon jinslarining portlovchanlik darajasiga mos ravishda belgilanadi. Belgilangan qiymatlaming mosligi muayyan sharoitda erishilgan qiymatlar bilan solishtirish asosida aniqlanadi.
6.1. Portlovchi skvajinalarining parametrlari. Pog‘onalarda skvajinalar bir va ko'p qatorda joylashtirilishi mumkin. Bir qatorda joylashgan skvajinalar orasidagi masofa a, qatorlar orasidagi masofa b va pog'ona osti bo'yicha qarshilik chizig'i W skvajinalar joylashishining asosiy parametriari hisoblanadi (12-rasmga qarang). Portlatish natijalariga W miqdori katta ta’sir ko'rsatadi. Agar Wmiqdori keragidan ortiqcha bo'lsa, pog'ona ostki maydonini tekislash ishlari qiyinlashadi, kam bo'lganda esa portlash energiyasining katta qismi jinslarni maydalashga emas, itqitishga sarflanadi.Amaliyotda W miqdori pog'ona balandligiga nisbatan [W= (0,6 - l) - hp] aniqlanadi. Pog'ona osti bo'yicha qarshilik chizig'ining burg'ilash ishlarining xavfsizligini ta’minlovchi minimal miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda /m-skvajina o'qidan to pog'ona ustki qirrasigacha qo'yilishi mumkin bo'lgan minimal masofa, m. Oson portlaydigan jinslar uchun W=(40+45) -ds, o'rtacha portlaydigan jinslar uchun W=(35+40) ds, qiyin portlaydigan jinslar uchun W={25+35) -ds ekanligi karyerlardagi burg'ilab portlatish ishlari amaliyoti bo'yicha aniqlangan.
Portlovchi moddani massiv bo'yicha bir tekis joylashtirishni ta’minlaydigan a va b ko'rsatkichlaming qiymatlari tanlab olinadi. Bu qiymatlarni tanlab olishga jinslarning portlovchanligi, skvajina diametri. talab etilgan jins boiakdorligi, pog'ona balandligi va portlatish sxemalari ta’sir etadi.
Skvajinalar va qator oralaridagi masofalami tanlash skvajinalarning o'zaro yaqinlashish koeffitsiyentini (m= a:w ) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu koeffitsiyent miqdori oson portlaydigan jinslar uchun m= 1,1+1.4; o'rtacha portlaydigan jinslar uchun m =l+l.l; qiyin portlaydigan jinslar uchun m=0,75+l. Skvajinalar shaxmat shaklida joylashtirilgan bo‘lsa, 6—0,85 a, kvadrat shaklida joylashtirilganda esa b ~ a boiadi. Skvajina zaryadlarini portlatish oniy va qisqa kechiktirilgan boiishi mumkin. Qisqa kechiktirilgan portlatish usuli jinslarning massivdagi ajralib chiqish yo‘nalishining o‘zgarishi va potrlash energiyasidan toiaroq foydalanish hisobiga skvajinalar orasidagi masofani qisqartirishga imkon yaratadi hamda portlashning seysmik ta’sirini kamaytiradi.