Konveyer transportida otval xosil qilish


Temir yо‘l transportining qо‘llanish sharoitlari



Yüklə 69,17 Kb.
səhifə12/23
tarix02.12.2023
ölçüsü69,17 Kb.
#171233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Konveyer transportida otval xosil qilish-fayllar.org

6.2. Temir yо‘l transportining qо‘llanish sharoitlari.
Karyerlarda kon massasi va xo‘jalik-texnik yuklami tashish uchun turli transport vositalaridan foydalaniladi. Temiryo‘l, avtomobil va konveyer ulaming asosiy lari hisoblanadi. Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari: qazib olinadigan jinslaming fizik-texnik va kimyoviy xossalari; foydali qazilmaning yotish sharoitlari; kon hududining iqlimi; yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi; yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari; karyeming ishlash muddati va boshqalar.
Turli kaiyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi ulaming texnik va texnologik parametrlari hamda konning kontexnik yotish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yillik yuk aylanmasi katta (25 min. t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko‘p) bo‘lgatt karyerlarda temiryo‘l transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Temiryo‘l transporti boshqa karyer transporti ko‘rinishlariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: energiya sarfining kamligi, har qanday tashish masofasida ham istalgan hajmdagi yuk aylanmasini tashish imkoniyatiga ega ekanligi, avtomatik boshqarish tizimidan foydalanish mumkinligi, har qanday iqlim va kon-texnik sharoitlardagi konlarda ishonchli ishlashi, avtomobil va konveyer transportiga nisbatan It. km yuk tashishga sarflanadigan xarajatlarni 4 - 6 barobar kam bo‘lishi va h.k. Biroq, boshqa transport vositalariga nisbatan temiryo‘l transporti katta burilish radiusi ( 1 0 0 - 2 0 0 m), qazish fronti uzun bo‘lishi (kamida 600 m) va temiryo‘l ko‘tarilish balandligini 40 - 60% dan oshmasligini talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, karyer oichamlarini (uzunligi va kengligi) katta bo‘lishi va kon-kapital ishlar hajmining ko‘p boiishiga olib keladi.


6.3. Gidravlik va kо‘p chо‘michli ekskavatorlar texnologik paramerlari.
Keyingi yillarda konlarni ochiq usulda qazib chiqarish amaliyotida yangi tipdagi qazib-yuklash mashinalari to‘g‘ri va teskari mexanik cho'michli gidravlik ekskavatorlardan foydalanish an'anasi rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari va chet ellarda cho‘mich sig'imi 2,5-20 m3 massasi 60-500 t, qirqish kuchi 200-125 kN bo‘lgan gidravlik ekskavatorlar yaratilgan va ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Gidravlik ekskavatorlar elektrik (simarqonli) ekskavatorlarga nisbatan qator afzalliklarga ega, ulardan asosiy lari:
-ish organlari mustaqil ishlash darajasining yuqori (bir vaqtning o‘zida strelasi, rukoyati va cho‘michining harakatlana olishi) bo‘lishi hisobiga qazish trayektoriyasini boshqarilishi hamda kon yotqizig‘ini qatlamlar bo‘yicha qazib olish mumkinligi; -konstruksiyasining 1 m3 cho‘mich sig‘imiga to"g‘ri keladigan solishtirma metall talablik ko‘rsatkichining 1,5-2,5 barobar kam bo‘lishi; -cho‘mich tishlariga to'g’ri keladigan qirqish kuchining yuqoriligi;
-bitta mashinaning o‘zida uning turli konstruksiyasini ta’minlash uchun ishchi organini tezda montaj (demontaj) qilish mumkinligi. Bu esa, istalgan vaqtda ekskavator texnologik parametrlarini qazish sharoitiga moslashni ta’minlaydi. Teskari cho‘michli gidravlik ekskavatorlar to‘g‘ri mexanik cho‘michli ekskavatorolarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: ekskavator turgan gorizont bo‘yicha qazish radiusi katta; - o‘zi turgan gorizontdan yuqorida va pastda joylashgan kon massasini qazib olib, o‘zi turgan gorizontda, undan yuqorida hamda pastda turgan transport vositalariga yuklash imkoniyatiga egaligi; - ekskavator pog‘ona yuqori maydonida turganda jins va foydali qazilmalami saralab qazib olish imkoniyatining yuqoriligi.
Ko‘p cho‘miclili ekskavatorlaming ishchi organi konstruksiyasi bo'yicha zanjirli va rotorli turlariga bo‘linadi. Zanjirli ko‘p cho'michli ekskavatorlaming ishchi organi yo‘naltiruvchi rom bo‘ylab harakatlanuvchi cho‘michlar o'matilgan zanjir hisoblanadi.
Romning bir uchi ekskavator koфusiga oshiq-moshiq orqali o‘matilgan bo‘lib, ikkinchi uchi strelaga simarqon orqali osilgan bo‘ladi. Cho'michlar kavjoy bo‘ylab harakatlanishi mobaynida kon jinslari bilan to‘ladiva ular yuqori barabanga joylashtirilgan bunkerga to‘kiladi. Bunkerdagi jinslar vagonlar yoki konveyeriga yuklanadi. Zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlaming cho‘michlari sig‘imi 250-4500 1 bo‘lishi mumkin. Ular yurish organlari bo‘yicha temiryoida harakatlanuvchi, gusenitsa va pnevmog‘ildirak yordamida yuradigan konstruksiyalarda ishlab chiqariladi. Zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar salt harakatlanishda 5%, ishlash vaqtida esa 2,5-3% qiyalik bo‘yicha yuqori (past)ga harakatlanishi mumkin.
Rotorli ekskavatorlar strelasi oxiriga o‘matilgan cho‘michli rotor gildiragi ularning ishchi oigani hisoblanadi. Rotor g'ildiragi aylanishi mobaynida cho'michlar massiviga botib kirib, jins payrahalarini kesib oladi va cho‘michlarini toidiradi. Cho'michlaridagi jinslar strelada rotor g‘ildiragi yon tomoniga joylashtirilgan konveyerga to‘kiladi. Shundan so‘ng jinslar yuklash konveyeri orqali transport vositasiga yuklanadi. Rotor g'ildiragiga qirquvchi tishlar bilan ta’minlangan 6 dan 1 2 tagacha cho'michlar o'matiladi, tishlar esa qattiq qotishmalar bilan armirovkalangan bo‘ladi. Rotorli ekskavatorlar kichik unumdorlikka (630 m3/soat gacha), o‘rtacha unumdorlikka (630 - 2500 m ’/soat), katta unumdorlikka (2500 - 5000 m3/soat va undan ham katta) ega bo‘lgan tiplarda ishlab chiqariladi. Rotorli ekskavatorlar solishtirma qirqish kuchi bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi



Yüklə 69,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin