Ko'prik va tonnel inshootlari texnik holatini diagnostika qilishning usul va bosqichlari reja


Transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tekshirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/6
tarix23.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#120994
1   2   3   4   5   6
mustaqil sih diagnostika

2.Transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tekshirish, qoidaga ko'ra, birbiriga bog'langan uchta bosqichda amalga oshiriladi:

  • tekshiruvga tayyorgarlik ko'rish;

  • dastlabki vizual (umumiy) tekshirish;

  • batafsil instrumental tekshirish (diagnostika).

Ish hajmi va konstruksiyalarni tekshirish bo'yicha harakatlar ketma-ketligi, ular qaysi materialdan tayyorlanganidan qat'i nazar, har bir bosqichda quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Tayyorgarlik ishlari. Tekshiruvlarni o'tkazishga tayyorgarlik tadqiqot obyekti bilan, konstruksiya va transport inshootining qurilishi uchun loyiha va ijro hujjatlari, oldingi tekshiruvlar natijalari bilan ekspluatatsiya va ta'mirlash, qayta qurish va rekonstruksiya qilish uchun hujjatlar bilan tanishishni nazarda tutadi.
Loyiha hujjatlariga ko'ra, loyihalash tashkiloti tomonidan quyidagilar belgilanadi – loyiha muallifi, uning ishlab chiqilgan yili, inshootning konstruktuv sxemasi, loyihada qo'llanilgan konstruksiyalarga doir ma'lumotlar, yig'ma elementlarning montaj sxemalari, ularni tayyorlash vaqti va inshootni barpo qilish, inshootning geometrik o‘lchamlari, uning elementlari va konstruksiyalari, hisobiy sxemalari, hisobiy yuklar, beton, metall, tosh va boshqalarning tavsiflari.
Konstruksiyalarni ishlab chiqarish va inshootni qurish to'g'risidagi ma'lumotlarga ko'ra, qurilishni amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlarining nomlari, materiallar va konstruksiyalarni yetkazib beruvchilar, buyum va materiallarning sertifikatlari va pasportlari, almashtirishlar va loyihadan chetga chiqishlar to'g'risidagi ma'lumotlar belgilanadi.
Tekshiruv o'tkazish zaruratini keltirib chiqaradigan inshoot konstruksiyalarining ekspluatatsiyasi va ekspluatatsion ta'sirlarini tavsiflovchi materiallar va ma'lumotlari bo'yicha konstruksiyaga tashqi ta'sir xarakteri, atrof-muhitga oid ma'lumotlar, ekspluatatsiyasidagi nuqsonlar, shikastlanishlar va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlar o'rnatiladi.
Tekshiruvga tayyorgarlik bosqichida, texnik topshiriqlar asosida, agar kerak bo'lsa, tekshiruv bo'yicha ishlar dasturi tuzilib, unda quyidagilar ko'rsatiladi:

  • tekshiruvning maqsad va vazifalari;

  • tekshirilishi kerak bo'lgan qurilish konstruksiyalari va ularning elementlari ro'yxati;

  • instrumental o'lchovlar va sinovlarni o'tkazish joylari va usullari;

  • ochish joylari va materiallardan namunalar olish, namunalarni laboratoriya sharoitidagi tadqiqotlari;

  • talab qilinadigan tekshirish hisob-kitoblari ro'yxati va boshqalar.

Tekshiruvlarning aksariyati bevosita konstruksiyalarga yaqin joyda amalga oshiriladi, shuning uchun tayyorgarlik bosqichida konstruksiyalarga kirishni ta'minlash masalalari hal qilinadi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin