Koyon Kaya
va Sokaya bo'lgan. A fsonaga ko'ra, ularning asoschilari
osm ondan tushgan 6 ta oltin tuxum bo'lgan ("Sam gu k yu sa"da
yozilgan "K arak davlati haqida yozu vlar"). M azkur qabilalam ing
birlashuvi natijasida Kaya nomi paydo bo'lgan. Koguryo, Pekche
va Silladan farqli ravishda bu yerda konfederativ respublikalar
mavjud bodib, ularning har biri m ustaqil siyosat olib borishgan.
H ududiy nuqtai nazardan Kaya Pekche va Silla oralig'idagi hudud
sanaladi. A fsonaga ko'ra, Kaya 42 - 562 yillarda m avjud bo'lgan.
Kaya qabilalarining birlashuvi m azkur davlatning asoschisi va
birinchi hukm dori Kim Suro (afsonaga ko'ra, eram izning 42 yili-
dan boshlab hukm ronlik qilgan va 158 yil yashagan) tom onidan
Kim kvan Kaya atrofida kechgan. U ning rafiqasi hind m alikasi Xo
X v an -o k bo'lgan. M a'lum vaqt o‘tib Kaya qabilalari m arkazi Te-
kayaga o'tgan. Kaya Koguryo, Pekche va Sillaning tajovuzlari os-
tida qolgan. Kaya hokim iyati tarqoq boTib, oxir-oqibatd a barham
topgan. Bu jarayon dasllab Kim kvan Kayada (532 y.), so'ngra Teka
(562 y.)da sodir boTdi.
U ch p o d s h o lik n in g iq tis o d iy
Koreys davlatida yerga xususiy
va ijtim o iy - siy o siy ta v s ifi
m ulkchilik boTm agan. Davlatni
m ustahkam lash uchun am al-
dorlarga hadya etish tizim iga asoslangan yerga davlat egaligi (van)
qaror topa boshlagan. H ukm dorlar am aldorlarga yerdan vaqtinc-
halik foydalanish uchun hadya etishgan yoki dehqonlar orqali y e r-
m ulklaridan foydalanishgan.
M ustabid hokimiyatga ega boTgan ilk koreys davlatida monar-
xiyaga asoslangan van hokimiyati boTgan. Koguryo vani M obona-
ning (48-53) zulm korligi haqida "Sam guk sagi" shunday yozadi:
"K u n d an -kun ga van yanada qattiqqo'1 va zulm kor boTib borm oqda,
qachon u o‘tirsa, odam lar u o'tirishi uchim joy hozirlashgan, qachon
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
III Bob. UCH PO D SH O LIK D A V RI
u yotsa, unga yostiq qo'yishgan, agarda kim da-kim gap qaytarsa,
yovuzlik bilan shavqatsizlarcha o ld irilgan Agar xizm atchilaridan
birortasi tushuntirishga urinsa, u kamondan otib o'ldirilgan. Pekc-
helik van Kinchxo haqida Kim Busik shunday m a'lum ot beradi:
"U qahrli va qattiqqo'l, rahmsiz, pastkash va injiq, kuch-qudratga
tayangan. Shu sababli odam lar undan nafratlanganlar". Barcha
davlatlarga kuchli tabaqalanishm avjud bo'lgan. Silladagi tabaqaviy
tizim kolpxum deb nomlanib, u qarindoshchilikka asoslangan. Ush-
bu tizim uch kom ponentdan iborat bo'lgan. Birinchi va ikkinchisi
hukm dorlar xonadoniga tegishli bo‘lgan qon-qarindoshlar guruhi:
1) songol ("oqsu yaklar") - podsholar sulolasi vakillari (Pak, Sok va
Kim sulolalari avlodlari); 2) chingol ("haqiqiy suyak") - singollar
avlodining asosiy chizig'i va Sillaga asos solgan chinxan jam oasi-
ning avlodlari. Uchinchi kom ponent ko'pchilikni tashkil etib, 6 ta
tupxum
tabaqaviy guruhini tashkil etgan. Ular podsho xonadoni bi-
lan bog'liq bo'lm agan. Shuning uchun ular oliy darajadagi davlat la-
vozim lariga ega bo'la olmaganlar. Har bir kishining hayoti qaysidir
ijtimoiy tabaqa bilan belgilangan. D ehqonlar hech qanday tabaqaga
kirm agan va ular pxyonmin (oddiy xalq) deb atalgan.
Barcha uchta podsholikning ijtimoiy asosini erkin dehqonlar
tashkil etgan. Davlatning asosini tashkil etuvchi jam oalarga tegish-
li b lgan dehqonlar o'zlarining m avqelari bo'yicha bosib olingan
yerlardagi dehqonlardan yuqori turganlar. Dehqonlar doim o oshib
boruvchi qarzlarini to'lay olmasliklari sababli bir qism yerlaridan
ayrilib borganlar, ulam ing bolalariga { nobi) qul sifatida qaraganlar.
Koguryoda "Sam guk sagi"dagi m a'lum otlarga ko'ra, xonavayron
bo'lgan dehqonlar batraklarga, qurg'oqchilik bo'lgan yillari day-
dilarga aylanganlar. Pekcheda ocharchilik yillari jam oa dehqonlari
qarzlari evaziga o'z bolalarini ham qullikka sotganlar. Bu yillarda
kannibalizm ham bo'lganligi qo'lyozm alarda yozilgan: "Shu dara-
jada odamlar yo'qchilikdan ochlikka rneihkum bo'ldilarki, hattoki
[odamlar] bir-birlarini yeganlar, buning ustiga qaroqchilik ham avj
olgan, van esa ulam i tinchitishi kerak ed i"("Sam g u k sagi"). Silla ha-
qida ham shunday m a'lum otlar mavjud.
Barcha podsholiklarda davlat boshqaruvi tizimida ham bunday
qiyinchiliklar bn'lgan. Koguryoda 372 yili Xitoy ta'siri ostida amal-
dorlam i tayyorlaydigan m axsus m uassasa - Txexak tashkil etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
III Bob. U CH P O D SH O L IK D AVRl
35
Lavozim lar tizimida bunday ranglar birinchi vazir, chap va o'ng va-
zirlar, viloyat boshliqlari va barchasi 12 rangdan iborat bo'lgan.
Fekcbeda ham "ch ap " va " o ‘n g " vazirlar lavozim lari bo'lgan.
Qo'lyozm alarda
Pekche vani Koi (234-286 yy.) davrida birinc-
hi toifaga kiruvchi ranglam i tashkil etuvchi 6 ta lavozim haqida
m a'lum otlar uchraydi. Jum ladan,: 1) "Van buyrug'iga aloqador
vazifalar"; 2) "om borlar va xazinalar"; 3) "u rf-o d atlar va marosim-
lar"; 4) "sudlar va hukm chiqaruvchilar"; 5) "vanni qo'riqlovchi
qo'sh in lar"; 6) "tashqi harbiy ishlar" bilan shug'ullanishgan. Bun-
dan tashqari, 15 ta oliy am aldorlar darajasi bo'lgan. Darajalarga
bog'liq holda ular turli xil kiyim lar kiygan
(6 ta oliy amaldorlar
darajasi kum ush rangdagi shlyapalar kiyganlar, quyiroq darajadagi
am aldorlari esa belbog'larining ranglariga qarab ajratilgan). Pekc-
heda "ich k i" va "tash qi" boshqaruv tarmoqlari m ahkam alari soni
belgilangan. Birinchisiga Davlat Kengashi organlari, poytaxt va vi-
loyat am aldorlari, don, qurol, marosimlar, buddaviylik, dorixona,
o'rm onchilik, yilqichilik va bog'dorchilik m ahkam alari kirgan. Tash-
qi boshqaruv m ahkam alariga esa harbiy mahkam a, adliya mahka-
masi, taTim, jam oat ishlari, ipakchilik, astronom iya, bozorlar, van
qarindoshlarining ishlari va saroy ishlari kirgan.
Pekchedagi kabi Sillada ham VI asrdan boshlab kiyimlaridagi turli
darajaga qarab ajratilgan: van, bosh vazir va mahkama boshlig'i, umu-
miy ishlar mahkamasi, harbiy mahkama, amaldorlar bo'yicha mah-
kama, adliya, soliq va moliya, davlat zaxiralari, transport va xabarlar,
marosimlar, tashqi aloqalar, bozorlar boshqaruvi va boshqalar.
Barcha davlatlarda jinoiy huquq tizimi shakllangan. Koguryoda
davlatga xoinlik, jang m aydonini tashlab qochish va qotillik uchun
oTim jazosi qoTlanilgan. 0 'g 'rilik sodir etilganda o'g'ri keltirilgan
zararni qoplashi shart boTgan, chorvani oTdirgani uchun esa ayb-
dor qullikka m ahkum etilgan. Pekcheda van Koi boshqaruvi davri-
da amaldorlaT pora olganligi, davlat xazinasini o'm arganligi uchun
yetkazilgan kam om adni uch hissa qilib toTashi bilan birga ularga
umrbod qam oq jazosi belgilanishi haqidagi qonun ishlab chiqilgan.
Yovvoyi bosqinchilik odatlaridan voz kechilgan. 248 yili Koguryo
vani Chunchxon vanlarning dafn m arosim ida qurbonlik keltirishini
taqiqlagan. 502 yilda xuddi shunday qaror Sillada ham m aripkan
Chidjin tom onidan chiqarilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
III Bob UCH PO D SH O LIK D A V RI
U ch p o d s h o lik
Ushbu uchta davlatda ham tem ir eritish,
m a d a n iy a ti
unga ishlov berish, qim m atbaho toshlar
va boshqa m ateriallarga ishlov berish
m adaniyati yuqori darajada rivojlangan. Q urilish va arxitektura
yuqori darajada taraqqiy etgan (saroylar, ibodatxonalar va qabr-
toshlar). M asalan, Koguryo yerosti qabrtoshi (eng m ashhuri - N° 3
A nak qabrtoshi) - b u b irb u tu n likd agi ajoyib arxitektura m ajm uasi
hisoblanadi. Bu davrda o'z davri uchun ilg'or qurilish m ateriali -
pishgan g'ish t va cherepitsalardan foydalanilgan. Pekcheda ishlab
chiqarilgan g'ishtlarga feniks, olov, lotos yoki fantastik ajoyibotlar
tushirilgan. Sillada esa yirik irrigatsiya inshootlari - Sije suv om bo-
ri qurilgan.
Buddaviylikning paydo b o'lish i bilan Budda tasviri tushirilgan
m iniatyura shaklidan boshlab, yirik o'lch am d agi haykallar ya-
salgan. M asalan, o'tirgan holdagi Budda haykalining balandligi 5
metr bo'lib, 27 tonna mis, 5 kg oltin sarflangan (574 y.). Koreya
haykaltaroshlari, m asalan, pekchelik ustalar tom onidan yapon ibo-
datxonalari uchun Budda va buddaviy avliyolarning haykallarini
tayyorlab berganlar.
Rassom chilikning badiiy darajasi borasida, jahon san'ati dur-
donalari qatoriga kiruvchi K oguryo ibodatxonalaridagi freskalar
(devorga ishlangan rasm) orqali m ushohada qilish m um kin. Ush-
bu freskalar koguryoliklarning hayoti va turm ushi haqida yaqqol
tasavvurga ega bo'lish im konini beradi. A nak qabrtoshidagi fres-
kalarda yuzlab kishilar, jang tasviri, ov m anzarasi, ziyofat, saroy
am aldorlari va orkestrlam ing tantanali chiqishlari, xo'jaIik bu-
yum lari va h k. tasvirlangan. Boshqa freskalarda esa m arhum larni
saqlovchi dunyoning to‘rt tom oni ruhi - ko'k ajdarho (Sharq ruhi),
oq yo'Ibars (G 'arb ruhi), qirm izi qush (Janub ruhi) va ilon o'ralgan
toshbaqa (Shimol ruhi) aks etgan. Koguryo ustalari yapon ibodat-
xonalari uchun ham turli tasvirlar tayyorlaganlar.
A rxeologik qazilm a ishlari jarayonida K oreyaning turli qism
laridan yashm a (rangli tosh), nefrit, oyna, qim m atbaho tosh-
laT, kum ush va oltindan tayyorlangan - zirak, m unchoq, popuk,
qo'ng'iroqlar, bilaguzuklar, uzuk, belbog' kabi zeb -ziy n at buyum -
lari topilgan. Am aliy san'atning haqiqiy nam unasi - bu og'irligi 12
kilogram m bo'Igan, 26 ta jonivorning tasviri tushirilgan Pekcheda-
www.ziyouz.com kutubxonasi
III Boh. UCH P O D SH O LIK D A V RI
37
gi oltin isiriqdon b o ig an h am d a Sillada tayyorlangan naqshinkor
oltin toj hisoblanadi.
Ilm iy va fa ls a fiy
Uch podsholik davrida ilm iy bilim lar ham
t a s a w u r la r
ancha rivojlangan. A stronom ik bilim lar-
n ing m avjudligi to 'g ‘risida K oguryo dax-
m alaridagi va Silladagi C hxom sonde observatoriyasi (yulduzlar
kuzatiladigan m inorajdagi osm on yoritkichlari va yulduzlar tur-
kum ining (jum ladan, Katta Ayiq) tasviri guvohlik beradi.
Tarixiy fanlaT asosi 100 ta kitobdan iborat Koguryo yilnom alari
( " 0 'tm is h haqida qayd lar"), Pekche "S o g i" tarixi ("Tarixiy qayd-
la r", 384 y.) kabilarga tayanadi. Pekcheda "X aritalar to'p lam i"
("T ojo k ") jam langan.
Falsafiy dunyoqarash kurtaklari Xitoy ta'siridagi Q adim gi Cho-
songa borib taqaladi. Q adim gi koreys faylasuflari olam ni o'zaro
ta'sirga ega boTgan ikki asosning bir joyga jam langani sifatida ta-
savvur etishgan: ya'ni erkak jinsiga m ansub ijobiy, yorqin, faol ib-
tido yan va ayol jinsidagi salbiy, passiv qora ibtido im. D astlabki
substansiya fc/ning o'zgarishi natijasida, har ikkala ibtidoning in'omi
sifatida (yanki - yorqin ki va imki - qora ki) yer va osm on ham da 5
unsur: m etall, daraxt, suv, olov, yer paydo boTgan: 5 unsurning har
biri m akon va rangdagi maTum holatga m os kelgan. Yer - m arkaz
va sariq rang, daraxt - sharq va yashil rang, m etall g'arb va oq rang,
olov - janub va qizil rang, suv - shim ol va qora rang. 5 unsum ing
qorishuvi esa turli xodislaryaratilishiga olib kelgan.
D astlabki 5 u nsur qirollik sulolalarini ifodalaydi H ar bir sulola
O sm on bilan tabiat unsurlari: yer, suv, olov, m etal! yoki daraxtning
sifatlarini va "yaxsh i fazilatlarin i" olishi uchun hukm ron boTgan.
U nsurlar b irin -k etin b ir-b iri bilan alm ashadi: yer -d araxtga, da-
raxt - m etallga, m etall - olovga, olov - suvga aylanadi. Ushbu dav-
riy alm ashinuv hukm ron sulolalar tom onidan ham m a'qullangan.
Dostları ilə paylaş: |