Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (kxdr) yoki Shimoliy Koreya



Yüklə 112,35 Kb.
tarix09.05.2022
ölçüsü112,35 Kb.
#56929
Zaripbayeva Shahnoza Qiyosiy 16 docx


Mavzu: Shimoliy Koreya ta’lim tizimi va undagi muammolar.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya — Koreys yarimorolidaJanubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir.

Maydoni 120,54 ming km².

Aholisi 23 486 550 kishi.

Poytaxti — Pxenyan.

9 ta maʼmuriy provinsiyaga va 4 ta markazga boʻysunuvchi shaharlar (PxenyanKesonXamxinChxonjin).

Davlat boshligʻi — prezident.



Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Yuqori Xalq yigʻini hisoblanadi.

  • 1948-yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi.

  • 1958-yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi.

  • 1972-yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.





Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiyamashinasozlikkimyo sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yogʻochni qayta ishlovchi, kimyo va neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari bor. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun turadi. Yerlarga ishlov beriladi va sugʻoriladi. Sholi, texnika ekinlari, dukkaklilar, paxta, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Plantatsiyalarda jenshen, bogʻdorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Yirik shoxli qoramollar, choʻchqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yoʻllarning uzunligi — 4915 km dan ortiq, shundan 3500 km elekrtlashtirilgan, avtomobil yoʻllari — 31200 km dan ortiq. Dengiz portlari: VonsanChxonjinNampxoXinnam. Tashqi aloqalar aylanmasining hissasi 80 % dan ortiq. Metallurgiyakimyomashinasozlik, togʻ-kon sanoati mahsulotlari, baliq mahsulotlari, mevalar eksport qilinadi. Hamkorlari: XitoyYaponiyaRossiyaGermaniya. Pul birligi-vona.KXDR xalq hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi. Sanoat xissasiga sanoat mahsulotlari va qishloq xoʻjalikning ¾ qismi toʻgʻri keladi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi, koʻmirtemirruxmolibdenvolframqoʻrgʻoshinmisalyuminiymagniyoltingrafitpirittuz qazib chiqariladi.

Yaponiya hukmronligi davrida maktabda darslar yapon tilida oʻqitilgan. 1945-yildan yangi 4 yillik maktablar ochildi. Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan boʻldi. 1958-yildan oʻqish bepul. 1975-yildan majburiy 11 yillik taʼlim joriy etilgan. KXDRda 10 mingdan koʻproq umumiy taʼlim maktabi, 600 texnika bilim yurti va 200 dan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Eng yirik oliy oʻquv yurti — Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti. Pxenyanda KXDR Fanlar akademiyasi va Hamxinda uning filiali, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari, Ijtimoiy fanlar, Oʻrmon-tex-nika akademiyalari mavjud. Kutubxona va muzeylari: Davlat markaziy kutubxonasi (1947), Fanlar akademiyasi kutubxonasi (1952), Markaziy tarix muzeyi, K. inqilob muzeyi (1948), Ozodlik urushi muzeyi (1953), Etn. muzeyi (1956), Nafis sanʼat markaziy muzeyi. Vonsan, Hamxin, Sarivon va boshqa shaharlarda ham muzeylar bor.

SHimoliy Koreyada bolalar 11 yil davomida maktabga qatnashi talab qilinadi. Bu davr bog'cha yillarini ham qamrab oladi. Davlat barcha ta'lim

xarajatlarini qoplaydi. SHu tufayli ta'lim oluvchilar yoz faslida muayyan vaqt davomida davlatga ishlab berishlari zarur.

SHimoliy Koreyada boshlang'ich ta'lim 1-4-sinflarni, o'rta maktabning quyi bosqichi 5-10-sinflarni qamrab oladi. O'rta maktabning yuqori bosqichidan keyin ta'limni davom ettirish uchun yoshlar komunistik partiya g'oyalariga sodiqlikni namoyon etishlari, uni qo'llab quvvatlashlari kerak. O'rta maktabning quyi bosqichidan so'ng o'quvchilar 2 yil davomida o'rta maktabning yuqori bosqichida yoki umumiy kasbiy maktabda yoki 3-4 yil texnik maktabda ta'lim olish mumkin. O'rta maktabni yoki texnik maktabni tamomlagan o'quvchilar kollejlarga borishlari mumkin. Kasbiy maktablarning o'quvchilari esa kollejda o'qishdan avval bir yillik maxsus kurslardan o'tishi talab etiladi.



SHimoliy Koreyada 1 ta universitet- Kim Sang 2 universiteti (Pxenьeng shahrida joylashgan) va 200 dan ortiq maxsus kollejlarga ega. Har bir kollej maxsus soha mutaxassislarini, (qishloq ho'jaligi, muxandislik, tibbiyot) yetishtirib boradi. Davlat kattalarining kechki ta'limini, fabrika va zavodlardagi ta'lim kurslarini mablag' bilan ta'minlaydi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Shimoliy K.da adabiyotni sotsialistik realizm yoʻlidan rivojlantirish ragʻbatlantirildi. 1946-yilda koreys yozuvchilari Shimoliy K. Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasiga birlashdi. Katta avlod bilan bir qatorda yosh shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular "yangi turmush"ni, "SSSR bilan doʻstlik"ni madh etishdan boshqa ilojlari yoʻq edi. Shunday sharoitda ham isteʼdodli qalam sohiblari xalq tarixini haqqoniy yoritishga intildilar. Cho Gi Chxon "Pektusan togʻi" dostonida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakatini, Chxve Myon Ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi Yon "Yer" romanida qishloq turmushini aks ettirdi. Li Buk Myon, Xvan Gon va boshqa yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Phar Yan, Min Byon Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho Gi Chxon 1950—53 yillar urushi haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyotning asosiy janri boʻlib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va boshqa dolzarb zamonaviy muammolarni koʻtarib chikdi. Li Gi Yon, Chxve Myon Ik, Pak Txe Von tarixiy romanlar yaratishdi. 60-yillardan esdalik adabiyoti keng yoyildi. Keyingi yillarda dunyo yuzini koʻrgan salmoqli asarlar orasida koʻpchilik boʻlib yozilgan "Qon dengizi", "Soqchining taqsiri" kabi asarlarni koʻrsatish mumkin.
Yüklə 112,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin