Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha analizatorning yetakchilik qilishiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan. Bundag tashqari materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi.