Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə33/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

= i + [(- г) / )[1 + P(1 - Ts) / 5] (3)
bunda i — risksiz foiz stavkasi;
Rm — bozor portfelidan kutilayotgan daromadlar;
— bo‘lishi mumkin bo‘lgan bozor foydasini taqsimlashdan o'rtacha kvadratik og‘ish;
0Jtt — qarzga olingan mablag‘lar yo'qligida j qimmatli qog‘oziar uchun bo4lishi mumkin bo‘lgan foyda qiymatini taqsimlashdan o‘r- tacha kvadratik og‘ish;
rjum ~~ QarzSa olingan mablagMar yo‘qligida j qimmatli qog‘ozlar paketidan olinadigan foyda va bozor portfeli o'rtasida korrelyatsiya koefiitsienti;
P/S — qarz miqdorining o‘z kapitaliga nisbati;
Ts foyda solig‘i.
Qoidaga ko‘ra, mazkur formulani taftish usuliga qarab boshqa ko'rinishda taqdim etish mumkin. Birinchi variant SARM usuli bilan eng yaxshi muvofiqlikni aniqlash uchun foydalaniladi va shu sababli ifoda regressiya tenglamasiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan boftadi:
Rj = i + (JJm - /)/ [1 + D (1 - Ts) / 5] (4)
bunda pjU}l qarzga olingan mablag‘lar yo‘qligida aksiyalar bo‘yicha foydaning o‘sishi va bozor portfeli foydasining o‘sishi or‘tasidagi aloqani tavsiflaydigan keltirilgan regressiya koeffitsienti.
Ushbu ifodani uchta tarkibiy qismning yig‘indisi ko'rinishida taqdim etish mumkin. Birinchi tarkibiy qism — i — risksiz foiz stavkasi, ikkinchi tarkibiy qism — (Rm — i) — operatsion riskni kompen- satsiyalash daromad stavkasi, (RM — — T)/S] esa moliya
riski uchun qo‘shimcha mukofotni tavsiflaydi. Ko‘pincha ekvivalent Д odatiy qiymatiga kelinadi:


/?у = ^[1 + Л/5(1-Гс)] (5)


bunda /J., j8. — mos ravishda vosita mavjudligida va yo'qligida beta koeffitsientlari.
Ko'rinib turibdiki, moliyaviy vositaga ega bo'lgan firmada beta koeffitsienti narigi firmadan yuqori bo'ladi. Demak, bizning holatda qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadni faqat firma kapitalining tar­kibini o'gartirgan holdagina oshirish imkoni bo'ladi. Bunday koeffitsientlarni aniqlashda ma’lum bir qiyinchiliklar mavjud, chunki buning uchun ko'p axborot talab qilinadi. Shu bilan bir paytda foyda olish, to'plash va taqsimlash bo'yicha harakatlarga bog'liq kapital ko'rsatkichlarining o'garish xarakterini kuzatishga imkon beradigan nazariy tahlil o'tkazish qulay bo'ladi.
Ko'rinib turibdiki, korxona foydasining bitta aksiyaga o'sishi agar bironta noandoza vaziyat vujudga keladigan bo'lmasa, daromadlar hajmini bitta aksiyaga oshiradi. Biroq ishlab chiqarish vositasi ham, moliyaviy vosita ham daromadlar hajmini bitta aksiyaga oshiradi. Demak, firmaning ishlab chiqarish va moliyaviy ko'rsatkichlari hamda uning qimmatli qog'ozlari bozor tavsifnomasi o'rtasida bevosita aloqa mavjud. Afsuski, ko'pchilik hollarda bo'lgani kabi, bu aloqani faqat statistik usullar yordamida aniqlash mumkin bo'lib, ular hozirgi kuzatuvlar bo'yicha kelajakdagi o'garishlar tendensiyasini yetarli daraja- da aniq belgilaydigan regression modeliar tuzishga imkon beradi.
Kapitalning bayon qilingan tavsiflaridan tashqari uning narxi kabi tushuncha ham muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida tarkibiy qismlami tavsiflaydigan bir nechta narxlarni keltirish mumkin. Amaliyotda umumiy narx kamdan-kam aniqlanadi. Odatda, faqat qarzga olingan mablag'larning narxi bilan, shunda ham taxminiy ko'rinishda kifoyalanadi. Biroq qarz mablag'lari bo'yicha xarajatlami baholash amaliyoti mavjud tajribani boshqa masalalarga o'tkazish imkonini beradi. Jamiyat kapitalini turli shaxslaming biron-bir maqsadni amalga oshirish (asosan, foyda olish) uchun foydalaniladigan qo'yilmalari sifatida ко'rib chiqish lozim. Shunda hissadorlik kapitalini uzoq muddatli moliyaviy yoki moddiy qo'yilmalar sifatida taqdim etish mumkin. Taxmin qilinadiki, bu qo'yilmalar muddati kelishib olinmagan bo'ladi.
Kapitalning sifat va son tavsifi tahliliga yakun yasar ekanmiz, aytish mumkinki, korxona faoliyati samaradorligi nuqtayi nazaridan quyidagilar eng katta qiziqish uyg'otadi:


  • o'z kapitalining rentabelligi;

  • butun kapitalning rentabelligi;

  • qarzga olingan mablag1 laming o'z mablag'lariga nisbati (moliyaviy vosita «yelka»si);

  • ishlab chiqarish (operatsion) vositasi hajmi;

  • moliyaviy vosita hajmi;

  • ichki o'sish sur’atlari;

  • moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq risk.

  1. Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va
    qiymatini baholashning ahamiyati


Kapital o'z mohiyatiga ko'ra bir xil emas va turlicha tavsiflarga ega ekanligi sababli uning tarkibini baholashda u yoki bu ko'rsatkichdan foydalanish zarurati vujudga keladi, bu sifatda, odatda, qiymat tushun- chasidan foydalaniladi. Buning sababi ushbu ko'rsatkichning bevosita xarajatlar demak, ulami hisobga olish shakllari bilan bog'liqligi hisoblanadi. Shunday bo'lib tuyulishi mumkinki, kapital narx ushbu sharoitlar uchun qat’iy belgilab qo'yilgan o'zgarmas ko'rsatkich, lekin aslida bunday emas. Jamiyat kapitalining barcha tarkibiy qismlari qiymatini (narxi) ko'rib chiqish va osonlik bilan shuni ko'rish mum­kinki, bir holatda narx shakllanishiga ta’sir etuvehi siyosiy va boshqa subyektiv omillar mavjud bo'ladi, boshqa holatda esa qabul qilingan buxgalteriya hisobi yuritish uslubiyati o'z aksini topadi. Shu sababli jamiyat kapitalining narxiga ta’sir etish uchun ayrim imkoniyatlar mavjud hisoblanadi. Biroq normal rivojlanayotgan iqtisodiyotda bunday ta’sir darajasi yetarli darajada cheklangan ekanligini ta’kidlab o'tish joiz.
Ko'rinib turibdiki, umumiy holatda barcha tarkibiy qismlar uchun uning narxi bir xil bo'lgan kapital tarkibini shakllantirib bo'lmaydi. Nimaga unda kapitalning ayrimlari jamiyat uchun qimmatga, boshqalari esa arzonga tushadigan turlicha tarkibiy qismlari mavjudligiga ko'nikish kerak? — degan adolatli savol tug'iladi. Bu yerda joriy faoliyat jarayonida ular bilan hisoblashish lozim bo'lgan huquqiy va iqtisodiy cheklovlar mavjudligini ta’kidlab o'tish joiz.
Korxona moliyalashtirish usulini o'zi tanlaydi. Bunda qabul qilingan qaror ko'p jihatdan bir qaraganda, iqtisodiy zarurat bilan bog'liq bo'lmagan omillarga bog'liq bo'ladi. Ularning orasida — turli xil reytinglar, firmaning raqobatli maqomi kabi ko'rsatkichlar va hokazo


Shunday qilib, kapital tarkibiga sof tashqi omillar ta’sir ko'rsata bosh- laydi.


Korxona tahlilchi firmalaming bulletenlarida, sharxlarida qanday aks etishiga, o'z faoliyatining yakunlari va joriy ishlari haqida axborotni qanday taqdim etishiga bog‘liq bo'lib boradi. Hamkorlar va kreditorlar moliyaviy hujjatlardan tashqari alohida e’tibor qaratadigan bir nechta asosiy omillarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  • buxgalteriya hisobi yuritish usuli;

  • firma axborotlarining ochiqlik darajasi;

  • audit o'tkazishga turli xil mahalliy va xorijiy tashkilot hamda mutaxassislarni jalb etish;

  • fond ko'rsatkichlari va boshqalar.

Shunday qilib, kapital qiymati obyektiv va subyektiv tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bunda subyektiv tarkibiy qismlar reyting ko'rsatkichlariga qarab jiddiy o'zgarib turishi mumkin. Turli korxonalar qarz kapitali bo'yicha turlicha xarajatlarga ega bo'Iishi mumkin. Hissadorlik kapitaliga keladigan bo'lsak, uning narxi ham korxona o'zini qay tarzda moliyalashtirishi mumkinligiga qarab turlicha bo'Iishi mumkin.
Kapitalning yakuniy qiymati alohida tarkibiy qismlar bo'yicha xarajatlami o'lchash yo'li bilan shakllantiriladi. Aytilganlami quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin