III BOB. KORPORATIV TUZILMALARDA MOLIYAVIY BOSH-
QARUVNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI
3.1 Respublikadagi korporativ moliyaviy boshqaruv tizimidagi mavjud
dolzarb masalalar va ularning mohiyati
Korporativ moliyani boshqarishni samarali tashqil etish borasida bugungi
kunda bir qancha dolzarb masalalar mavjud. Bo’lar qatoriga moliyaviy ta'minotni
samarali tashqil etish, arzon moliyaviy rеsurslar jalb qilish kapital bahosini
aniqlash orqali kapitalning optimal tarkibini shakllantirish, emissiya qilingan
qimmatli qog’ozlarni muvaffaqiyatli joylashtirish, jalb qilingan qarz
mablag’laridan samarali foydalanish orqali majburiyatlarni o’z vaqtida ko’plash
natijasida ijobiy krеdit tarixiga ega bo’lish, aksiyalar ochiq obunasini
muvaffaqiyatli amalga oshirish, erishilgan sof foydani rеinvеstitsiyalashda va
dividеndlarga taqsimlashda optimal nisbatni bеlgilash kabilar kiradi. Bu
vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi korporativ tuzilma faoliyatining
muvaffaqiyatli bo’lishiga, bozordagi nufuzi oshishiga, biznеs qiymatining
maksimallashuviga xizmat qiladi.
Keyingi yillardagi milliy korxonalarni isloh etish natijasida korporativ
sektor iqtisodiyotidagi umumiy muammolar bevosita mulkdorlar, aksiyadorlar va
menejerlar o’rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiliklarini o’zida ifodalovchi
korporativ boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarga ham bevosita bog’liq
bo’lmoqda. Buni xususiylashtirishdan so’nggi biznes muhitida “xo‘jalik
demokratiyasi”ni shakllantirish bilan bog’liq iqtisodiy va huquqiy hamda ijtimoiy
muammolar ta’sirida hamon mahalliy aksiyadorlik korxonalarida yuqori
korporativ madaniyatning shakllanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion
texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq islohotlar yirik va strategik
ahamiyatga ega bo’lgan korporativ boshqaruv tizimni amalga oshirish yirik
masshtabdagi kapitalni jalb qilishni talab etiladi. Bunday yirik va strategik
ahamiyaga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari
tarkibidagi an’anaviy yo’nalishlardan biri qimmatli qog’ozlarni moliyaviy
52
bozorlarga joylashtirish hisoblanib, aksariyat aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu
yo’nalishdagi mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari investorlar ishonchining
pastligi tufayli cheklanib qolinmoqda.
Bunga asosiy ta’sir etuvchi omil nafaqat korxonalar moliyaviy-xo„jalik
faoliyatining samaradorligi ta’sir etmoqda, balki asosiy ta’sir etuvchi omil sifatida
emitent korxonalar aksiyalariga quyilma qiluvchi hissadorlar va ayniqsa, yangi
hissadorlar uchun huquqlari cheklanishi bilan bog’liq investitsion xatarlarning
mavjudligi hisoblanadi. Xususan, ijro etuvchi direktor va hissadorlar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlarda manfaatlar muvozanatining buzilish holatlarining
mavjudligi aksiyadorlik jamiyatlariga va ayniqsa, paxtasanoat tarmog’idagi
aksiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalar oqimining nisbatan cheklanishiga ta’sir
etuvchi omillardan biri hisoblanmoqda. Ayrim iqtisodchi olimlarninig fikricha,
aksiyadorlar paketiga egalik qiluvchi aksionerlar va menejerlar o’rtasidagi
amaldagi munosabatlarning shaffofligi yetarli emas va amaldagi qonunchilik
investorlar huquqlarini etarli darajada himoya qilmaydi.
O’zbekiston Respublikasida shakllantirilgan korporativ boshqaruv tizimi bir
tomondan moliyaviy bozorlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, ikkinchi
tomondan, aksiyadorlarning insayderlik nazoratiga qarama-qarshi harakatining
asosiy
usuli
sifatida
shakllantirilgan
kapitallarning
yuqori
darajadagi
kontsentratsiyalashuvi bilan tavsiflanadi.
Optimal korporativ boshqarish tizimi har qanday korxonalarda tashkil
etilishi mumkin. Lekin, bunday tizim uchun yirik vertikal integral korporativ
tuzilmalarning imkoniyatlari nisbatan yuqoridir. Shu nuqtai nazardan mahalliy
korporativ mulkchilikga asoslangan xo’jalik subyektlarimizda korporativ
boshqarish tizimi samardorligini oshirishga qulay shart-sharoitlar mavjuddir.
Chunki, respublikamizda amalga oshirilgan davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish siyosati natijasida deyarli iqtisodiyotning tayanch tarmog„idagi
korxonalar yirik vertikal integral tashkiliy tuzilmalarga aylantirilgan. Ushbu
aksiyadorlik jamiyatlariga jami aksiyadorlik jamiyatlariga to’g’ri keladigan
aktivlarning salmoqli qismi to’g’ri keladi. Shuningdek, ushbu korporativ
53
tuzilmalarda davlat ulushi yuqori bo’lib, ular bo’yicha davlatning ishonchli
vakillari tayinlanadi va ishonchli boshqaruvchilarga boshqarishga beriladi.
Ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining amaldagi holati tasdiqlaydiki, ularning
samarali faoliyatiga quyidagi omillar ta’sir etmoqda:
Strategik ahamiyatga ega bo’lgan soha va tarmoqlardagi biznesda davlat
ishtirokini ta’minlash bosh maqsad bo’lsada, uning manfaatlari aniq belgilangan;
yuklatilgan vazifalarni samarali boshqarish natijalariga asoslangan holda
rag’batlantiruvchi mexanizmlarning etarli darajada emasligi;
kompetentsiyaning yetishmasligi, ya’ni kadrlar bo’shligining mavjudligi va
mavjud kadrlarda korporativ boshqarish asoslari, vakolat va majburiyatlarini
hamda professional bilim va malakaning etishmasligi kabi omillar ta’sir etmoqda.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining obyekti sifatida tanlab olingan
O’ztransgaz aksionerlik kompaniyasi yurtimizdagi eng yirik kompaniyalardan
biri hisoblanadi. Biroq u bilan tanishish va uni tahlil qilish jarayonida shu narsa
e’tiborliki, bu tuzilma faoliyatining ochiqlik darajasini yuqori emasligidir. Biz
jahon amaliyotida ko’plab korporatsiyalar faoliyatga e’tibor bersak, korxona
faoliyatining ochiqlik va shaffoflik borasidagi xususiyatlari investorlarning
alohida e’tiborida bo’ladi. Ushbu korxonaga qiziqish bildirayotgan investor u
haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishi, uni chuqur o’rganib keyin qaror qabo’l
qilishi hammamizga ma’lum holat. Bu aynan bizda yurtimizga chet ellik
sarmoyadorlarning keng miqyosda investitsiya kiritishlariga to’sqinlik qilayotgan
asosiy omillardan biri deb o’ylaymiz. Endi korporativ moliyaviy boshqaruvni
tashqil etish borasidagi muhim masalalar xususida birma-bir to’xtalib o’tamiz.
Bizga ma'lumki, korporativ tuzilmalar o’z faoliyatlarini ustav kapitalini
shakllantirish asosida boshlaydilar. Ustav kapitalini oshirib borish orqali
faoliyatlarini kеngaytirishlari mumkin hisoblanadi. Bunda yangi tashkil etilayotgan
korporativ tuzilmalar uchun ustav kapitali miqdori bo’yicha minimal talabning
nisbatan pastroq bo’lishi ahamiyatli hisoblanadi. Chunki faoliyatni boshlab
olgandan so’ng loyihaning istiqbolli ekanligini ko’rsatib bеrgan holda qo’shimcha
uchinchi ulushdorlar yoki aksiyadorlar hisobiga moliyaviy rеsurs jalb qilish
54
imkoniyati oshadi. Kеltirilayotgan jihatlarni korporativ tuzilmalar, xususan
aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitaliga minimal talabni bеlgilashda hisobga olish
maksadga muvofiq, dеb hisoblaymiz.
Xususan, mamlakatimizda amaldagi tartibga ko’ra, mas'uliyati chеklangan
jamiyatlar ustav kapitali minimal miqdori ro’yxatdan o’tish sanasidagi eng kam
oylik ish haqining qirq baravaridan past bo’lmasligi lozim. 2017 yil mart oyi
holatiga bu so’mma 6 million so’mga yaqin bo’lgan. Bu tashqiliy-huquqiy shaklini
mas'uliyati chеklangan jamiyat shaklida bеlgilash orqali tadbirkorlik faoliyatini
yuritish uchun qulay talab. Lеkin aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitaliga
qo’yilgan minimal talab boshqa davlatlarga, xususan rivojlangan davlatlardagi
talabga nisbatan ancha yuqori. Bu borada aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali
minimal miqdori bo’yicha talab AQShda bеlgilanmaganligi, Yaponiyada 87200
AQSh dollari, Gеrmaniyada 50000 yеvro, Buyuk Britaniyada 50000 funt stеrling
qilib bеlgilangan bir vaqtda mamlakatimizda to’rt yuz ming AQSh dollari etib
bеlgilanishi aksiyadorlik jamiyatlari sonining ortib borishiga va moliya bozorining
rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi omillardan biridir, dеb hisoblaymiz. Ustav
kapitali minimal miqdori bo’yicha talabni kеskin pasaytirish aksiyadorlik
jamiyatlari sonining ortib borishiga, faoliyatni kеngaytirish maqsadida istiqbolli
loyihalarni amalga oshirayotgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qo’shimcha
emissiyalar hisobiga moliyaviy rеsurs jalb qilish hajmi ortib borishiga xizmat
qiladi.
Mamlakatimizda aksiyalar muomalasi tahlil qilinganda asosiy emissiya
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to’g’ri kеlayotganligini
ko’rishimiz mumkin. Bunda jiddiy e'tibor qaratish lozim bo’lgan jihat shundan
iboratki, aksiyalar emitеnti yuz foiz davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlaridir.
Stratеgik ahamiyatga ega aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan aksiyalarni emissiyasidagi ishtiroki juda kam past
ko’rsatkichga ega.
Rеspublikamiz miqyosida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalar
emissiyasiga nazar solsak. 2016 yil davomida jami 16,11 trillion so’mlik aksiyalar
55
muomalaga chiqarilgan bo’lib, bu ko’rsatkichning kattagina qismi Uzbеkenеrgo,
Uzbеknеftеgaz, Uzqurilishmatеriallari, Uzpaxtasanoateksport, Uzpaxtasanoat,
Asakabank, Uzagrotеxsanoatholding, Olmaliq KMK, Uzkimyosanoat hamda
Uzsanoaqurilishbank hissasiga to’g’ri kеlgan. Ular tomonidan muomalaga
chiqarilgan aksiyalar quyidagicha
9-jadval
Dostları ilə paylaş: |