Korporativ tuzilmalarda aylanma kapital Reja
Korporativ tuzilmalarda aylanma kapital
Reja:
1. Korporativ tuzilmalarda joriy aktivlar.
2. Korporativ tuzilmalarda debitor qarzlari. Debitorlik qarzlarining о‘rtacha muddati.
3. Kreditorlik qarzlarining о‘rtacha muddati. Kunlik sotilgan mahsulotlarning narxi.
1-savol bayoni. Korporativ tuzilmalar faoliyatida joriy aktivlar aylanma kapital sifatida yuritilib,
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki aynan aylanma kapital ham korporativ tuzilma
moliyaviy-xо‘jalik faoliyati uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Aylanma kapital qisqa
muddatli aktivlar, shuningdek majburiyatlarni о‘z ichiga oladi. Umumiy olganda “Sof aylanma
kapital – biznesni yuritish uchun qisqa muddatga talab qilinadigan kapital hisoblanadi”.37
Aksariyat loyihalar firmaning sof aylanma kapitaliga investitsiya qilishini talab qiladi. Sof
aylanma kapitalning tarkibiy qismlari pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar (inventar), debitor
qarzdorlik va kreditor qarzdorlikdan iborat. Aylanma kapital о‘zida korporativ tuzlima kundalik
faoliyatini yuritish uchun zarur bо‘lgan naqd pulni ham о‘z ichiga oladi.
Aylanma kapital darajasi ishlab chiqarish jarayonining avvalida pulning firmadan chiqib, keyin
unga qaytib kelishi oralig‘idagi vaqt uzunligini о‘zida aks ettiradi. Kompaniya avval mahsulot
yetkazib beruvchilardan xomashyo yoki tayyor mahsulot shaklida moddiy vositalar sotib oladi.
Firma, odatda moddiy vositalarni qarzga sotib oladi, ya’ni firma sotib olish vaqtida zudlik bilan
pul berish imkoniyatiga ega bо‘lmaydi. Moddiy vositalar hatto tayyor mahsulot bо‘lsa ham, savdo
peshtaxtalarida ma’lum bir vaqt turib qoladi. Nihoyat, moddiy vosita sotilganda, firma naqd pul
tushishini kutib о‘z xaridorlariga tovarni qarzga berishi mumkin. Firmaning pul aylanmasi – bu
firmaning dastlabki moddiy vositani sotib olish uchun pul tо‘lashi va mahsulot sotilganidan keyin
pul tushgan davr oralig‘idagi vaqt bilan о‘lchanadi.
Firmaning operatsion sikli – firma dastlab о‘z inventarini sotib olgan va mahsulotlarini sotib
bо‘lgan davrlar oralig‘idagi vaqt о‘rtacha uzunligiga teng. Firmaning ish sikli – uning dastlabki
inventar xarididan toki u о‘z mahsulotini sotishdan tushgan pulni olgunga qadar о‘tgan davrga
teng. Agar firma о‘z inventari qiymatini naqd pul bilan tо‘lasa, bu davr firmaning pul sikli bilan
mos tushadi.
Shunga qaramasdan, aksariyat firmalar о‘z inventarlarini qarzga olishadi, bu esa pul investitsiya
qilish va mazkur investitsiyadan pul mablag‘i olish о‘rtasidagi vaqtni qisqartiradi.
Qachonki firma mijozga tovar uchun pulni keyinroq tо‘lashiga ruxsat bersa, u firma debitorlik
qarzi, mijoz uchun kreditorlik qarzini yuzaga keltiradi. Debitorlik qarzi kreditga savdo qilish
bо‘lib, bu firmaning keyinchalik oladigan tо‘lovini bildiradi. Kreditorlik qarzi balansi esa shunday
mablag‘ki, u bо‘yicha firma mahsulot yetkazib beruvchilarga ulardan olgan tovarlari uchun hali
pul tо‘lamaganligini bildiradi. Firma о‘z mijozlari uchun taklif qiladigan qarzga tovar olish taklifi
– tijorat krediti deb ataladi. Albatta firma о‘z sotgan tovari uchun faqat naqd pul olishni istaydi,
ammo bunday siyosat raqobat sharoitida mijozlarni yо‘qotishga olib keladi. Ushbu bо‘limda biz
menejerlarning samarali kredit siyosatini belgilash uchun tijorat kreditining zarar va foydasini
qanday taqqoslashlarini kо‘rib chiqamiz.
Tijorat krediti muddatlari qanday belgilanishini tushunish uchun keling bir qancha misollarni
kо‘rib chiqsak. Agar mahsulot yetkazib beruvchi о‘z mijozlariga "Net 30" (sof 30) muddatini taklif
qilsa, bu hisob taqdim etilganidan boshlab 30 kun ichida tо‘lov amalga oshirilishini bildirmaydi.
Aslini olganda, mahsulot yetkazib beruvchi mijozga о‘z pulini qо‘shimcha 30 kun ichida
foydalanish imkonini beradi. (e’tibor bering, "30" sehrli son emas, schyot-fakturada tо‘lov
muddatini kо‘rsatuvchi "Net 40", "Net 15" yoki muddatga ishora qiluvchi boshqa har qanday
raqam kо‘rsatilishi mumkin).
Ba’zan sotuvchi firma sotib oluvchi firmaga agar tо‘lovni vaqtliroq amalga oshirsa chegirma
(diskont) taklif qilishi mumkin. YA’ni "2/10, Net 30" belgilari shuni bildiradiki, agar firma Tovar
uchun 10 kun ichida pul tо‘lasa, 2% chegirma oladi, aks holda tо‘liq summa 30 kun ichida
tо‘lanishi kerak. Firmalar mijozlarni vaqtliroq tо‘lashga rag‘batlantirish uchun chegirmalar taklif
qilib turishadi va buning natijasida firma tovari pulini keyinroq oladi. Shunga qaramasdan,
chegirma summasi firma xarajatlarini ifodalaydi, chunki firma sotgan mahsuloti uchun pulni tо‘liq
miqdorda ola olmaydi.
Sof raqobatli bozorda tijorat krediti moliyalashning yana bir turi hisoblanadi. Mukammal
bozorning Modilyani-Miller shartlari asosida kreditor va debitor qarzlari miqdori summasining
ahamiyati yо‘q.
Aslini olganda, mahsulot sotish bozorlari unchalik raqobatli emas, shu bois, firmalar о‘z tijorat
kredit opsionlaridan samarali foydalangan holda о‘z qiymatini maksimallashtirishi mumkin.
Tijorat kreditining qiymati (xarajati). Tijorat krediti, mohiyatan, sotuvchi firmadan uning mijoziga
berilgan qarz hisoblanadi. Narx chegirmasi foiz stavkasini ifodalaydi. Kо‘pincha, firmalar savdo
kreditlari mijozlari uchun narx chegirmasi tarzidagi jozibador foiz stavkalarini taklif qiladi. Shu
bois, moliyaviy menejerlar tijorat kreditlarini amalda qо‘llash uchun uning muddatlarini hisoblab
chiqishlari lozim.
Qanday qilib tijorat kreditining foiz stavkasini hisoblab chiqish mumkin? Tasavvur qilaylik, firma
о‘z mahsulotini 100 dollarga sotadi, ammo mijozlarga “2/10, Net 30” sharti bо‘yicha taklif qiladi.
Mijoz dastlabki 10 kun davomida hech narsa tо‘lashi shart emas, shu bois, u mazkur davr uchun
foydasi yо‘q kredit hisoblanadi. Agar mijoz chegirmadan foydalanib, 10 kun ichida tо‘lasa, u
mahsulot uchun faqat 98 dollar tо‘laydi xolos. Sotuvchi firmaga xos chegirma xarajati sotish narxi
chegirma foizi davriga teng bо‘ladi. Bunday holatda u 0,02 * $ 100, yoki 2 dollarga tengdir. 10
kun ichida tо‘lash о‘rniga, xaridor 98 dollardan qо‘shimcha 20 kun foydalanishi mumkin bо‘ladi.
(30 - 10 = 20). Qarzning 20 kun ichidagi foiz stavkasi $ 2 / $ 98 = 2,04 %ga teng. 365 kunlik yilda
bu stavka muddat 20 kundan oshganda samarali yillik stavka:
YEAR = (1.0204)365/20 - 1 = 44.6 foizga teng bо‘ladi.
Shunday qilib, firma chegirmani qabul qilmasdan, samaraliroq yо‘l tutib, 2.04% ni tо‘laydi va 20
kunga pul qarz oladi gо‘yo, natijada bu pulning samarali yillik foiz stavkasi 44,6% ga teng bо‘ladi.
Agar firma bankdan bundan ham past foiz stavkasida kredit olishning ilojini topa olsa, yaxshisi
ta’minotchi (mahsulot yetkazib beruvchiga) Tovar uchun pulni vaqtida tо‘lab, mukofot
chegirmasiga ega bо‘lgan ma’qul.
Tijorat kreditining samarali qiymatini baholash bо‘yicha misol kо‘rib chiqamiz. Sizning firmangiz
о‘z ta’minotchisidan “1/15, Net 40” shartida mahsulotlar sotib oladi. Agar u taklif etilgan
chegirmadan foydalanmasa, uning yillik samarali xarajati qanchaga teng bо‘ladi?
Yechim: Chegirma 1%ni tashkil etgani bois, $ 100 evaziga firma 15 kunda $ 99 tо‘lashi, yoki 40
kun ichida $ 100 tо‘lashi lozim. 25 kunlik (40–15) farq inobatga olinsa, bu shart asosidagi kredit
samarali yillik foiz stavkasi - (100/99)365/25 - 1 = 15.8 %ga teng.
Tijorat kreditining foydalari. Bir qator sabablarga kо‘ra, tijorat krediti fondlar uchun jozibador
manba bо‘la olishi mumkin.
Birinchidan, tijorat krediti sodda va foydalanish uchun qulay, shu bois boshqa muqobil moliyalash
vositalariga nisbatan juda past operatsion xarajatlarga ega. Oddiy misol, siz bankdan kredit olgan
kabi har xil qog‘ozlarni tо‘ldirib о‘tirmaysiz. Ikkinchidan, u anchayin moslashuvchan moliya
manbasi bо‘lib, undan xohlagan shaklda foydalanish mumkin. Va nihoyat, ba’zi hollarda u
mablag‘ olishga boshqa imkoniyati yо‘q firmalar uchun yagona moliyalash manbasi bо‘lib xizmat
qiladi.
Tijorat kreditlari standart kreditlarga qarshi. Qaysi biri yaxshiroq.
Agar kompaniyalar nega tijorat kreditiga qiziqishini bilsangiz, hayratda qolishingiz tayin! Nima
bо‘lganda ham, kо‘pchilik kompaniyalar banklar bо‘lmasada, ammo nega ular kreditlar bilan
shug‘ullanishadi? Ularning bunday istaklariga bir necha sabablar bor.
Avvalo bozordan kо‘ra past narxda kreditlash imkoniyati ba’zi mijozlar uchun xizmatlar haqini
pasaytirish imkonini beradi. Misol tariqasida avtomobil ishlab chiqaruvchilarini kо‘rib chiqaylik.
Moliya bо‘limi hamma avtomobillar narxini past ushlamasdan, ular yomon kredit imkoniyatiga
ega mijozlarni qiziqtiruvchi, ammo yaxshi kredit imkoniyatiga ega xaridorlar uchun jozibador
bо‘lmagan kredit shartlarini ishlab chiqishadi. Shu tariqa, yomon kredit imkoniga ega xaridolrlar
chegirma narxlarda mahsulot sotib olishga imkoniyatlari etadi.
Ikkinchidan, mahsulot yetkazib beruvchi о‘z mijozi bilan aloqalarni saqlab qoladi, mijozining
kredit imkoniyatlari haqida bankdagilardan kо‘ra kо‘proq ma’lumotga ega bо‘ladi. Shu bilan
birga, mahsulot yetkazib beruvchi agar tovar puli о‘z vaqtida tо‘lanmasa, keyin boshqa tovar
yetkazib bermaslik ehtimoli bilan “qо‘rqitib”, mijoz tо‘lovlari ishonchlilik darajasini ham oshirib
boradi. Va nihoyat, xaridor defolt bо‘lgan taqdirda, ta’minotchi tovarlarni garov sifatida ushlab
qolishi mumkin. Bu kabi inventarizatsiya begonadan kо‘ra mijoz bilan bevosita ishlaydigan
ta’minotchilar, jumladan, sanoatdagi ta’minotlar uchun juda katta ahamiyatga ega.
Firmaning kreditor va debitor qarzlari davomiyligi muddatiga hissa qо‘shuvchi omillardan biri bu
naqd pul berilganidan boshlab, pul haqiqatda firma hisobiga tushgan payt orasidagi kechikishdan
iborat.
Bunday kechikish aylanma kapitalga bо‘lgan talabga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
2-savol bayoni. Yuqorida tijorat kreditining qо‘llanish xususiyatlari xususida tо‘xtalib о‘tdik. Endi
bevosita debitorlik qarzlarini boshqarish masalalarini kо‘rib chiqamiz. Xususan, firma о‘z
mijozlariga kredit taklif etishi uchun qanday siyosat yuritishi va о‘z debitorlik qarzdorligini
qanday nazorat qilib borishi masalalariga e’tibor qaratamiz.
Kredit siyosati quyidagi uchta bosqich asosida belgilanadi:
1. Kredit standartlarini belgilash.
2. Kredit shartlarini belgilash.
3. Taqdim etilgan kreditlar undirilishi kechikkanda undirish siyosatini belgilash.
Kredit standartlarini belgilash. Boshqaruv tizimi eng avvalo о‘z kredit standartlari haqida qaror
qabul qilishi lozim. Bunda kredit taqdim etiladigan talabgorlarga, kreditlash miqdorlariga, kredit
riski darajasiga e’tibor qaratiladi. Yirik firmalar kо‘pincha bu tahlilni о‘z hududlarida, о‘z kredit
bо‘limlarida amalga oshiradilar. Xalqaro amaliyotda aksariyat kichik firmalar esa bunday
imkoniyatga ega emasligi bois, ular kredit ma’lumotlarini maxsus kredit agentliklaridan sotib
olishadi. Qancha kredit riski belgilanish debitorlik qarzlari uchun qancha mablag‘ ajratilishini hal
qilish uchun muhim. Cheklov siyosati savdo hajmining kamayishiga, firma esa debitor qarzdorligi
uchun kamroq investitsiya ajratishiga olib kelishi mumkin, aksincha, unchalik oqlamaydigan
siyosat kо‘proq hajmdagi savdolarga olib kelsa-da, debitorlik qarzdorligi darajasi oshib
boraveradi.
Kredit shartlarini belgilash. Firma kredit standartlarini о‘rnatib olgach, endi navbat kredit shartlari
va muddatlarini belgilashga ketadi. Firma tо‘lovdan oldingi muddat (“Net” muddati)ni belgilab
olgach, barvaqt tо‘lash uchun rag‘batlantiruvchi, chegirma beruvchi muddatni ham о‘rnatib oladi.
Agar firma chegirma taklif qilsa, u chegirma foizini va chegirma muddatini belgilab olishi lozim.
Agar firma nisbatan kichkina bо‘lsa, u bu kabi holatlarni belgilashda sanoatda ilg‘or bо‘lgan
kompaniyalar siyosatini tanlab, о‘shani о‘zi uchun dasturilamal qilib oladi.
Taqdim etilgan kreditlar undirilishi kechikkanda undirish siyosatini belgilash. Kredit siyosatini
о‘rnatishning oxirgi bosqichi jamlash siyosati haqida qaror qabul qilishdan iborat. Bu siyosat
tarkibi – agar mijoz vaqtidan kechikib tо‘lasa, hech narsa qilmasligidan boshlab (ammo bu yaxshi
tanlov emas), yoki qarzni tо‘lashni eslatib, yumshoq tarzda talabnoma jо‘natish, ma’lum bir
vaqtdan tashqaridagi qarzlar uchun tо‘lovni amalga oshirish, ilk marta tо‘lov kechikib ketganda
huquqiy oqibatlar bilan “qо‘rqitish” shular jumlasidandir.
Debitorlik qarzlari monitoringi
Kredit siyosati belgilab olinganidan keyin firma kredit siyosati samarali olib borilayotganiga
ishonch hosil qilish uchun о‘z debitorlik qarzlari monitoringini olib borishi kerak. Firma о‘zining
debitorlik qarzlari monitoringida tо‘lov muddatlari va muddatlar jadvaliga e’tibor qaratiladi.
Debitorlik qarzlarining undirilish kunlari firmaning о‘z savdosi natijalarini jamlashi uchun ketgan
о‘rtacha kunlardir. Firma bu kо‘rsatkichni tahlil qilib va taqqoslab borib, о‘zining kredit siyosati
samaradorligi haqida xulosa yasaydi. Aytaylik, kredit muddati sharti “Net 30” bо‘lsa va debitorlik
hisoboti kunlari kechiktirilgan qarzdorlik kuni 50 kun bо‘lsin. Firma xulosa qilishi mumkinki,
mijozlar о‘rtacha 20 kun kechikishadi. Firma shuningdek, yetarli vaqt davomida debitor
qarzdorligi tendensiyasiga e’tibor qilishi lozim. Agar firmaning о‘rtacha debitor qarzdorligi kunlar
miqdori bir necha yil davomida 35kunga teng bо‘lsa-yu va agar bu yil bu kо‘rsatkich 43 kunga
chiqsa, firma о‘zining kredit siyosatini qayta kо‘rib chiqishiga tо‘g‘ri keladi va tabiiyki, bunday
holat butun sanoat yо‘nalishiga qadar о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin.
Debitorlik qarzlari kunlari firmaning moliyaviy hisoboti asosida aniqlanishi mumkin. Tashqi
investorlar odatda bu kо‘rsatkichni firmaning kredit siyosatini baholash uchun tahlil qilishlari
mumkin.
Debitorlik qarzlarining undirilish kunlarining kamchiligi shundaki, bunda faqat bitta raqam
ahamiyatga molik va savdoning mavsumiylik xususiyatlari inobatga olinmaydi.
Muddatlar jadvali. Muddatlar jadvali firma balansidagi debitorlik qarzlarini tasnifini о‘zida aks
ettiradi. Masalan, firma tovarni “2/15, net 30” shartida sotdi. Bunda debitorlik qarzlari bо‘yicha
quyidagi holat yuzaga kelgan (1-jadval).
Bunday holatda agar firmaning о‘rtacha kunduzgi aylanmasi $ 65000 ni tashkil etsa, uning
debitorlik qarzdorligi kunlari $1,600,000 / $ 65,000=25 kunga teng bо‘ladi. Ammo yaqindan
qaralsa, 26.2- jadvaldagi muddatlar jadvalida shuni kо‘ramizki, firmaning kredit mijozlarining
28% (39% dollar bо‘yicha) pulni kech tо‘lashadi.
Dostları ilə paylaş: |