Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə2/5
tarix14.06.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#130186
1   2   3   4   5
Korparatsiyalarda divident siyosatining asosiy vazifalari

МВСН



МВСl






МВА



Diversifikatsiyalash darajasi
7.2.-rasm. Koordinatsiyaga sarflanadigan solishtirma xarajatlarning diversifikatsiya darajasiga bog’liqligi
Bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashda o’rta korxonalar o’rtasida koordinatsiya talab qilinmaydi. Demak, kompaniya portfelidagi o’rta korxonalar soni ko’paygan sari boshqaruv xarajatlari ham ko’payadi. Bunga aksincha, bog’liq diversifikatsiyalashdagi kompaniyalarning xarajatlari o’rta korxonalar soniga va ular o’rtasidagi kerakli koordinatsiya darajasiga qarab ortib boraveradi. Ushbu ko’paygan xarajatlar bog’liq diversifikatsiyalashda katta daromadlarni ham yuqqa chiqarishi mumkin (8.1-jadval).
SHunday qilib, bog’liq va bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashning qaysi birini tanlash daromadlarni va boshqaruvga sarflanadigan qo’shimcha xarajatlarni solishtirish yuli bilan aniqlanadi.
Kompaniya maxoratidan keng foydalanilsa, shuningdek, boshqaruv xarajatlari ham resurslarni taqsimlashda kerak bo’lgan qiymatlardan oshmasa, korxona butun etiborni bog’liq diversifikatsiyalashga qaratishi kerak. Xuddi shuningdek, agar asosiy o’rta korxonalar o’rta ixtisoslashgan bo’lib, boshqa joyda qo’llanilmasa, boshqaruv xarajatlari ichki bozor strategiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan qiymatlardan ortiq bo’lmasa, kompaniya bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashga kontsentratsiyalanishi kerak.
7.1-jadval Bog’liq va bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashni taqqoslash

Diversifikatsiyalash strategiyasi

Amalga oshirish yullari

Boshqaruv xarajatlarining manbalari

Bog’liq


Ichki kapital bozori. Qayta tarkiblashtirish
Resurslarni taqsimlash

O’rta korxonalar soni
O’rta korxonalar o’rtasidagi koordinatsiya

Bog’liq emas

Ichki kapital bozori
Qayta tarkiblashtirish




Diversifikatsiyalashning aksi bo’lgan strategiya ikki yoki undan ko’p kompaniyalarni biznesning yangi imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog’liq (masalan, ITTKI) qiymat, tavakkalchilik va daromadlar sohasidagi strategik alyansni tashkil qilishidir.
Mavjud korxonani «yutib yuborish» eng ommaviy usul bo’lib, yangi bozorga tezroq kirish ustunligiga ega. SHuningdek u texnologik qoloqlikni tugatish, ta’minotchilar bilan aloqalar bog’lash, yangi tarmoqda raqobatbardoshlikka erishish kabi tusiqlarni yengish uchun yordam beradi. Ko’ptarmoqlarda zarur axborot bazasini rivojlantirish, o’zini resurslar bilan ta’minlash va jiddiy raqobatchi obrusini egallash uchun korxonalarga bir necha yil kerak bo’ladi.
«Noldan boshlash» diversifikatsiyasi tanlangan tarmoqda «bosh» kompaniya boshchiligida yangi kompaniya to’zishni ifodalaydi. Bu kuyidagi xollarda jozibali xisoblanadi:
- bunda yetarli vaqt bo’lgan taqdirda;
- yangi korxonaning bozorni egallashga bo’lgan xarakatlariga raqobatchi korxonalar reaktsiya bildirmaydilar.
Bunday yul bilan bozorga chiqish boshqa kompaniyani sotib olishdan arzonga tushadi.
Korxona samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli tajribaga ega bo’ladi.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish tarmoqdagi talab va taklif muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Maqsadli tarmoqda nisbatan katta bo’lmagan korxonalar bo’lganligi uchun yosh kompaniyalarga yirik raqobatchilar bilan raqobat qilishiga to’g’ri kelmaydi.
Qo’shma korxonalar tuzish quyidagi xollarda foydali samara berishi mumkin.
Qo’shma korxona - bu yakka tartibda biror bir narsani qilish xavfli yoki tejamsiz ekanligida yaxshi usuldir.
Qo’shma korxonalar resurslarni birlashtirish yanada kuchliroq raqobat ustunliklariga ega bo’lgan tarkibni yaratadigan taqdirda qulaydir.
Xorijiy xamkorlar bilan qo’shma korxonalar ba’zida import kvotalarini, tariflarni milliy-siyosiy manfaatlar va madaniy tusiqlarni yengib o’tishning yagona imkoniyati bo’lib xisoblanadi.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin