Korreksion faoliyat va uni samarali tashkil etish



Yüklə 82,97 Kb.
səhifə9/12
tarix20.10.2023
ölçüsü82,97 Kb.
#158249
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH

I. Zarur predmetlar

1.

Bu predmetni bilish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur




2.

Bu fan hozirgi vaqtda tez rivojlanmoqda va jamiyat hyotida katta rol o‘ynaydi




3.

Bu fan kollejga, OTMga o‘qishga kirishda asqotadi, ubo‘lajak kasb asoslarini o‘zlashtirish uchun zarur




4.

Bu predmet hayotda asqotadigan foydali malakalarni shakllantiradi




5.

Bu predmet hayotda barcha narsalarni bo‘laklarga ajratishni o‘rgatadi




6.

Bu predmetni o‘rganishni ota-onam ahamiyatli deb hisoblaydi




7.

Bu predmet intellektni rivojlantiradi, dunyoqarashni kengaytiradi




8.

Bu predmet asosida yakuniy test nazorati tashkil qilinadi




II. Qiziqarli predmetlar

1.

Yangi dalillar, hayratomuz voqealar to‘g‘risida bilish qiziqarli




2.

Kishilarning hayoti va faoliyati to‘g‘risida bilish qiziqarli




3.

Voqealarning kelib chiqish sabablarini bilish qiziqarli




4.

Bu predmet bo‘yicha o‘qituvchining tushuntirishini tinglash qiziqarli




5.

Darsda va uyda masalalarni yechish, mashqlar va amaliy ishlarni bajarish, jadval, xarita va sxemalarni to‘ldirish qiziqarli




6.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘zing topish, xabarnoma tayyorlash, sinf oldida chiqish qilish qiziqarli




7.

Hodisalarning mohiyatiga tushuntirishlar topish, muammoni qo‘yish va uni hal qilish, tadqiqot olib borish qiziqarli




8.

O‘qituvchining g‘ayrioddiy dars berishi va o‘quvchilarni o‘ziga jalb qila olishi qiziqarli




9.

Men bu predmetni oson o‘zlashtiraman, u shuning uchun qiziqarli




10.

Bu predmet mening qiziqishlari doirasini to‘ldiradigan boshqa predmetlar bilan bog‘langan




11.

Bu predmetdan baho olish oson, shu sababli u men uchun qizqarli




12.

Predmet to‘liq irodali bo‘lishni va fikrlarni bir nuqtaga to‘lashni taqozo qilishi bilan men uchun qiziqarli







  1. O‘quv predmetlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyalarni aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova)

Hurmatli, o‘quvchi! Jadvalda berilgan maktab o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishingiz uchun sabab bo‘lgan motivlarini qayd qiling!
Predmetlar:
Informatika
Astronomiya
Ekologiya
Jismoniy tarbiya
Hayot xavfsizligi asoslari
Chizmachilik “Iqtisodiy bilim asoslari”
Jamiyatshunoslik
Matematika
Motivlar:
Predmet mazmunining qiziqarli ekanligi
Darslarning qiziqarli o‘tilishi
O‘quv predmetining amaliy ahamiyatga egaligi
O‘qituvchini hurmat qilishim
Qo‘shimcha bilimlarni egallashni xohlashim

  1. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova)

(o ‘quv va o ‘qituvchining nuqtai nazariga ko ‘ra)

  1. Darsdagi ishchanlik qobiliyatining darajasi: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 (kerakli raqamni chizing).

  2. Diqqatning dars vaqtidagi holati: doimo yuqori; ba’zan yuqori - ba’zan past; tez-tez bo‘linadi; diqqatni jamlash qiyin.

  3. Darslarda topshiriqlarni bajaradi: to‘la holda; xohishiga qarab, qachonki, topshiriq qiziqarli, oson, tushunarli, o‘ziga xos bo‘lsa va ijodiy yondashuvni taqozo qilsa; qisman, onda-sonda.

  4. O‘qituvchining tushuntirishini diqqat bilan tinglaydi.

  5. Qiziqarli savollar beradi.

  6. Yozma va og‘zaki matnlarda o‘ziga xos mulohazalarni bildiradi.

  7. Ijodiy topshiriqlarni sidqidildan bajaradi.

  8. O‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashadi.

  9. Predmetni tushunadi: chuqur; yuzaki; qisman; yomon.

  10. Mikroguruh (sinf)dagi o‘rni: yetakchi rolini bajaradi, sustkash, muhokamalarda faol ishtirok etadi.

  11. Sidqidildan: doskada javob beradi; ijodiy topshiriqni bajaradi; yozma ishlarni bajaradi.

  12. O‘quv predmet o‘zlashtirganman deb hisoblaydi: chuqur; yetarlicha; qisman.

  13. O‘quv predmeti bo‘yicha yuqori baholarni olishni yaxshi ko‘radi.

  14. Bordi-yu, o‘qituvchi o‘quv faoliyatidan norzi bo‘lsa, u holda tashvishga tushadi.

  15. O‘quv materiallarini kerakli sur’at (zarur vaqt)da o‘zlashtira olmayapman, shu sababli o‘qituvchining maxsus yordamiga ehtiyojim bor.

  16. Topshiriqlarni bajara olaman: istalgan murakkablikdagi; yetarlicha murakkab bo‘lgan; o‘rtacha murakkablikdagi; oddiy masalalarni.

  17. O‘quv topshiriqlarini va ularni bajarishni yoqtiraman: mustaqil; ota- onamning yordami bilan; o‘qituvchining yordami bilan; sinfdagi tengdoshlarim bilan birgalikda.

  18. Darsdagi xulq-atvori: tartibli; kamdan kam holatlarda tartibni buzadi; o‘quvchiga o‘qituvchining “quyushqondan chiqarishi” yoqadi; o‘quvchi boshqalarning g‘ashini keltiradigan qiliqlar qiladi; darslarda qo‘pollik qiladi.

  19. O‘qituvchiga assistent, yordamchi sifatida ko‘maklashadi.

  20. Turli hayotiy va muammoli masalalar bo‘yicha o‘qituvchi bilan maslahatlashishni yoqtiradi.

Shunday qilib, pedagogik diagnostikaning muhim tarkibiy elementi, tashxislash natijasida aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etishning natijasi korreksiyalash (pedagogik tuzatish) sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘p kuzatiladigan salbiy hodisalar fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy me’yordan og‘ish sanaladi. Pedagogik tashxislash natijalariga ko‘ra tashkil etiladigan korreksiyalash (pedagogik tuzatish) fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy me’yordan og‘ish kabi salbiy holatlarni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish imkonini yaratadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik bir qator pedagogik, ijtitmoiy, psixologik va biologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Korreksiyalash (pedagogik tuzatish)da fanlarni o‘zlashtira olmaslikni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganish, uning darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega. Maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligini korreksion faoliyat bir necha bosqich (pedagogik tashxislash, pedagogik konsilium, tibbiy tekshirish va tahlil, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik maslahat, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, pedagogik refleksiya, pedagogik strategiya)da amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:

  1. Korreksiya” tushunchasi qanday ma’noni anglaydi?

  2. Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) nima?

  3. Korreksiyalash jarayonida qanday tamoyillar ustuvorlik kasb etadi?

  4. Psixologik-pedagogik tuzatish qanday yo‘nalishlarda amalga oshiriladi?

  5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘zlashtira olmaslik” tushunchasi negizida qanday hodisalar aks etadi?

  6. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

  7. Fanlarni o‘zlashtira olmaslikning asosiy sabablari nimalardan iborat?

  8. Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni bartaraf etishga oid qanday nazariyalar mavjud?

  9. Fanlarni o‘zlashtira olmaslikning qanday turlari mavjud?

  10. P.P.Borisov fanlarni o‘zlashtira olmaslikning qanday sabablarini ko‘rsatadi?

  11. Fanlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar qanday tiplarga bo‘linadi?

  12. Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalash nimani anglatadi?

  13. Fanlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash bosqichlarida qanday korreksion-pedagogik faoliyat amalga oshiriladi?

  14. Korreksiyalashdagi psixologik-pedagogik konsilium nima?

Test topshiriqlari:

  1. O‘quvchida kuzatilayotgan og‘ishlar tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus va umumiy pedagogik chora tadbirlar tizim - bu ...

  1. proflaktika;

  2. diagnostika;

  3. korreksiya;

  4. ontogenez.

  1. ... - sabablarini tashxislash asosida o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat.

  1. sintezlash;

  2. korreksiyalash;

  3. tashxislash;

  4. oldini olish (profilaktika).

  1. Tuzatish va rivojlanish birligi, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishni tashxislash va tuzatish birligi, “Yuqoridan pastgacha” tuzatish (L.S.Vbigotskiy). Ular - korreksiyalashning ...

  1. yetakchi nazariyalari;


  2. Yüklə 82,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin