Korrupsiya haqida qiziqarli malumoit



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/7
tarix02.01.2022
ölçüsü50 Kb.
#40738
1   2   3   4   5   6   7
Korrupsiya haqida qiziqarli malumoit

Singapur tajribasi

Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi islohotlarni ko'rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi.

Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo'lib, unga ko'ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to'liq shaffof bo'lishi ta'minlandi. Korrupsion aloqalar ildiz otmasligi uchun majburiy rotatsiya tartibi joriy etildi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o'rnatildi va turli byurokratik to'siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi.

Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta'minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. Shu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko'rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi.

Singapur yetakchisi Li Kuan Yuning korrupsiya ustidan g'alaba qozonishni istagan inson o'z qarindoshlari va yaqin do'stlarini ham qamashga tayyor bo'lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo'lganidan dalolat beradi.

Xitoy tajribasi

Agar Singapurda korrupsiyachi amaldor ma'lum bir muddatga qamoq jazosini olgan bo'lsa, Xitoyda buning uchun bir umrlik qamoq yoki o'lim jazosi joriy etilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 2003 yildan beri bu davlatda 10 mingga yaqin mansabdor otuvga hukm qilingan, 120 ming nafari esa uzoq muddatlarga qamalgan. Ayrim holatlarda pora bilan ushlangan amaldorlarning qo'llari chopilgan.

Bundan tashqari, xitoyliklar pora olish illatiga qarshi kurashish bo'yicha maxsus kurslarga qatnashadi. Davlat xizmatchilari ruhiy va jismoniy mashqlar orqali aql va tanalarini sog'lomlashtirishadi. Shuningdek, Xitoyda onlayn-o'yin ishlab chiqilgan bo'lib, bu o'yinda foydalanuvchilar poraxo'r amaldorlarni butun qarindoshlari bilan qirib tashlashlari kerak bo'ladi.


Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin