Farmon asosida 2019 yildan boshlab BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga karshi kurashish” loyihasini amalga oshirish doirasida Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda ustav jamg‘armasida davlat ulushi 100% yoki 50% dan yuqori bo‘lgan faoliyati xorijiy bozor bilan integratsiyalashgan bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatida tajriba sifatida komplayens nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha “White and Case” (AQSh), KPMG (Italiya) xalqaro auditorlik kompaniyalari ishtirokida xalqaro tender jarayonlari o‘tkazildi.

Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida loyihani amalga oshirish jarayonlari olib borilmoqda.
Ta'kidlash joizki, xalqaro miqyosda keng qo‘llanilib kelinayotgan komplayens nazorat tizimining korrupsiya xavflarini oldini olishda samaradorligi va ta'sirchan jihatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Mirzo Ulug‘bek tumani va Bo‘ka tumani hokimliklari kabi davlat tashkilotlarida loyihani tajriba tariqasida joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.