Korxona daromadlarini maksimallashtirish. Reja: Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari Korxona xarajatlari va ularning turlari


Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari



Yüklə 45,42 Kb.
səhifə2/5
tarix24.03.2023
ölçüsü45,42 Kb.
#89703
1   2   3   4   5
FOYDANI MAKSIMALLASHTIRISH

Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari
Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashti­rish­­dan iboratdir. Umumiy holda foyda (Profit) yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi.

bu yerda - foyda; - umumiy daromad; - umumiy xarajat.
Xarajatlar firmaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bo‘linadi.Yaqqol namoyon bo‘luvchi va namoyon bo‘lmaydigan xarajatlar deb ham ataladi.Tashqi xarajatlarga tashqi to‘lovlar, ya’ni tashqi mol yetkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar, elektro­energiya, gaz) to‘lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xara­jatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi.
Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi: 1) tadbirkorning o‘ziga tegishli resurslarga bo‘lgan xarajati; 2) tadbirkorlik qobiliyatiga to‘g‘ri keladigan va tadbirkorga tegishli bo‘lgan normal foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki xarajatlarni ayirib tashlasak, iqtisodiy foydani olamiz.
Tashqi va ichki xarajatlarning yig‘indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog‘liq yo‘qotilgan imkoniyatlardir. Iqtisodiy xarajatlar – bu boshqa nematlarning (tovar va xizmatlarning) qiymati.Iqtisodiy xarajatlar firma faoliyatini buxgalter va iqtisodchi tomonidan baholanishni farq qilishga imkon beradi. Buxgalterni birinchi navbatda, firmaning ma’lum muddat davomidagi (hisobot davrida) faoliyati natijalari qiziqtiradi. Buxgalterlik xarajatlari – firma tomonidan foydalanilayotgan resurslarni sotib olingan narxlaridagi qiymatlaridir. Bularga misol qilib, qonunchilik tomonidan belgilangan kapital asbob-uskunalarga qilingan amortizasion ajratmalarni keltirish mumkin. Iqtisodchini esa, firmaning kelajagi, uning kelajakdagi faoliyati qiziqtiradi. Shuning uchun ham firma ixtiyoridagi resurslardan eng yaxshi alternativ foydalanish variantlarini topishga e’tibor beradi.Qaytariladigan va qaytarilmaydigan xarajatlar
Qaytariladigan xarajatlar – firma qaytarib olishi mumkin bo‘lgan xarajatlar (faoliyatini to‘xtatgandan so‘ng ham).Qaytarilmaydigan xarajatlar – firma hech qachon qaytarib ololmaydigan xarajatlar. Bularga misol, firma registratsiyasi va lisenziya olishi uchun qilingan xarajatlar.Qaytarilmaydigan xarajatlar firmani bozorga kirishi va chiqishi uchun qilinadigan xarajatlardir. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bo‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna umuman kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu uskunani 60 ming so‘mga sotib, 40 ming so‘m zarar ko‘rdi. 40 ming so‘m qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta’sir qilmaydi.

Yüklə 45,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin