Korxona faoliyatida biznes rejalashtirish



Yüklə 138 Kb.
səhifə8/12
tarix24.06.2023
ölçüsü138 Kb.
#134808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Korxona faoliyatida biznes rejalashtirish

Korxona etikasi (yoki o’zaro aloqalarning ma’naviy jixatlari) biznesmenning vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-harakatlariga (hulqiga) bo’lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo’lgan ma’naviy qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g’oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga hurmat.
Missiyani belglashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo’nalishi ham ahamiyatga ega bo’lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-harakatlariga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar yo’nalishining oltita turini ajratib ko’rsatish mumkin (4.1-jadval)8.
4.1-jadval.
Qadriyatlar yo’nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi.

Yo’nalish turi

Qadriyatlar kategoriyasi

Korxona ko’zlayotgan maqsadlar toifalari (tiplari)

Nazariy

  • Haqiqat

  • Bilim

  • Oqilona fikrlash

Uzoq muddatli tadqiqotlar va ishlanmalar

Iqtisodiy

  • Qulaylik

  • Foydalilik

  • Boylik jamg’arish

  • O’sish

  • Foyda olish

  • Natijalar

Siyosiy

  • Xokimiyat

  • Hurmat qozonish

Ijtimoiy

  • Yaxshi munosabatlar

  • Sadoqat

  • Nizolarning bo’lmasligi

  • Foydalilikdan ijtimoiy mas’uliyatning yuqori turishi

  • Bilvosita raqobat

  • Tashkilotdagi yaxshi muxit

Estetik

  • Badiiy muvofiqlik

  • Shakl va o’lchamlar mosligi

  • Tarkib

  • Mahsulot dizayni

  • Sifat

  • Foydani kamayishi hisobiga bo’lsa ham ko’rkamlikni ta’minlash.

Diniy

Borliq bilan muvofiqlik, kelishuv.

Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona ob’ro’sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, meyor va g’oyalari majmuasi bilan chambarchas bog’liqdir. U hayotda quyidagilarda o’z aksini topadi:

  • korxonaning xatti-harakatlarida - barcha xodimlar uchun yagona bo’lgan tamoyillarda;

  • firma kommunikatsiyalarida - axborotni uzatish usullarida;

  • korxonani ko’rgazmali taqdim etish vositalarida - firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko’rinishi va x.k.

Korxona imidji firmaning iste’molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas’uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli taassurot uyg’otishga intilishini aks ettiradi.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin