Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


 Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

4.4. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi
Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o’z texnologiyasiga ega 
bo’lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va 
vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarni 
turi, kattaligi va muddatiga ko’ra, aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish 
faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o’z ichiga oladi. Kichik 
korxonalarda bu vazifalarni bajarish katta korxonalarga nisbatan yengilroq 
bo’lsada, barcha hollarda quyidagi omillarni hisobga olish talab qilinadi: 
- ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi; 
- xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi; 
- moliyaviy resurslar; 
- aylanma mablag’lar mavjudligi va unga bo’lgan ehtiyojlar, jumladan, 
moddiy-tovar boyliklari zahiralari; 


- ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi; 
- mahsulotni sotish kanallari. 
Rejalashtirish, reja loyihasini uning mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi, 
moddiy-texnika ta’minoti rejasi, kadrlar va oylik maosh bo’yicha reja, yangi 
texnika va kapital qo’yilmalar rejasi, moliyaviy reja kabi asosiy qismlari doirasida 
tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan rejadan avvalgi davrni o’z ichiga oladi. Ularning 
moddiy va moliyaviy resurslar hamda bajarish muddati bo’yicha to’liq o’zaro 
bog’liqligi va balanslashgan-ligi rejalashtirish jarayoni va korxona rejasining 
ishonchliligini ta’minlovchi muhim jihatdir. O’z navbatida, mahsulot ishlab 
chiqarish ishchi kuchining mavjudligi, shartnomalar bo’yicha mahsulot yetkazish 
rejalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan, tannarx rejalari esa ishlab chiqarish 
dasturlari va moliyaviy reja bilan bog’liq bo’ladi. 
Rejalarni ishlab chiqishda korxonaning barcha sexlari va funksional 
bo’linmalari, jumladan, moliya va reja bo’limi, mehnat va ish haqi bo’limi, 
marketing xizmati, buxgalteriya, texnik bo’lim, sex rahbarlari ishtirok etishlari 
zarur. Korxona rejasi va uning bo’limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab 
chiqilgan bo’lsa, uni bajarish shunchalik yengillashadi, resurslar kamroq talab 
qilinadi hamda ish sifati yuqori darajada bo’ladi. Afsuski, rejaning 
balanslashtirilmaganligi, 
unda 
xatolar 
mavjudligi, 
shuningdek, 
rejani 
bajaruvchilarning intizomsizligi (amalga oshirishni sust nazorat qilish natijasida) 
tufayli ko’p vaqt hamda mablag’lar isrof qilinmoqda. Xuddi shu sababli mahsulot 
sifati pasayib, daromad olish o’rniga xarajatlar yuzaga kelmoqda. Bundan kelib 
chiqqan holda rejalash-tirishni korxona jamoasining funksiyasi deb atashimiz 
mumkin. 
Rejalashtirish tabiatini 5.4.1 - rasm yordamida aks ettirish mumkin: 
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va 
ishonchli hisoblanadi: 
1. Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab 
berilishi. 


2. Rejadagi vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi, ya’ni reja-ning 
adresliligi. 
3. Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish, nazorat qilish 
va unga zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish. 
4. Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, 
korxona faoliyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta 
tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi). 
5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilg’or tajribalariga 
tayanish. 
Rejalashtirish davomida bugungi kundan tashqari, kelajakni, ertangi kunni 
ham inobatga olish zarur.
Korxona istiqboli va bozordagi holatining barqarorligi, ko’p jihatdan uning 
ilg’or texnika va fan yordamida yaratilgan eng yaxshi mahsulotlar namunasini 
tezlik bilan o’zlashtirib olish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli korxonalarda 
axborot tizimini yaxshi yo’lga qo’yish hamda reklama faoliyatini rivojlantirish 
lozim. 
Reklama iste’molchilarni (xaridorlarni) mavjud mahsulot bilan tanishtirishdan 
tashqari, xuddi xorijdagi kabi, ularni aynan shu mahsu-lotni sotib olishga undashi 
kerak. 
Rejalashtirishning har bir turi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu 
xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- belgilangan rejalashtirish oralig’ining aniqligi; 
- integrasiya va differensiasiya darajasi, shuningdek, rejalashtiri-layotgan 
ko’rsatkichlar miqdori; 
- ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini hisob-kitob qilish darajasining 
aniqligi; 
- rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o’rtasida majburiyat-larni 
taqsimlash tartibi. 
Rejalashtirishda “korxona-muhit-holat” munosabatlari asosiy o’ringa egadir. 
Bunda ishlab chiqarish shunday rejalashtiriladiki, natijada korxonaning bozordagi 


barqarorligini saqlab qolish, yuzaga keladigan holat va tashqi muhitni hisobga 
olishdan tashqari, mahsulotni tezda sotish va ishlab chiqarish rentabelligining 
o’sishiga imkon yaratiladi. Buning uchun korxona anchadan beri ishlab 
chiqarilayotgan an’anaviy mahsulotlardan tashqari, yangi mahsulot turlarini
jumladan, o’xshashi bo’lmagan mahsulot-larni ishlab chiqarishi, mahsulotlar turini 
ko’paytirishi zarur.
Barcha xodimlar, ayniqsa, rahbarlar, bugungi kunda kelajakdagi faoliyat 
uchun qulay istiqbol yaratish nisbatan oson bo’lsada, xuddi shu ishni 3-5 yildan 
so’ng, ya’ni istiqboldagi kunga aylangan paytda bajarish qiyin-lashadi yoki bunga 
umuman imkon bo’lmaydi. Shu sababli rejalashtirish joriy holatdan tashqari 
iqtisodiyot va fan-texnika taraqqiyoti sohalari-dagi ro’y berishi mumkin bo’lgan 
o’zgarishlarni qanchalik ko’p hisobga olsa, uning natijalari shunchalik yuqori 
bo’ladi.
Buyurtmalar portfeli 
Rejadan oldingi ish (reja loyihasi) 
Korxona
rejasi 
Bajaruvchilar
Bajarish
muddatlari 
Resurslar
Tayyor mahsulot 
(ish va xizmatlar) 
Mahsulot (ish va xizmatlar) iste’molchilari 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin