KORXONA FOYDASI, UNING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI. Toshkent Moliya Instituti, Iqtisodiyot fakultetining
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishining
birinchi kurs talabasi Qodirboyev Faxriddin Davron o’g’li
Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan e’tibor, muhim ustivor vazifani hal qilishda ishlab chiqarish resurslarini to‘g‘ri sarflash, belgilangan sarflash normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda keng qo‘llash lozim. Shuning uchun hozirgi sharoitda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmokda. Bugungi kunda korxonalar foydasini shakllanish jarayoni va uning taqsimlanishi har bir birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni to‘g‘ri tashkil qilishning imkoniyatlarini shakllantirgan holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjudligi, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari me’yorining mavjud bo‘lishi, ombor xo‘jaligining to‘g‘ri tashkil qilinishi va ishlab chiqarish zarur o‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishlab chiqarish xarajatlarining analitik schoti, kalkulyatsiya ob’ektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash, kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturasini ishlab chiqish, kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash usulini tanlash muhim hisoblanadi. Ushbu holat mamlakatimiz hududida mahalliylashtirish dasturini jadallashtirishda eng muhim ustuvor vazifalarni belgilaydi.
Bu haqida mamlakatimizning birinchi rahbari I.A.Karimov mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida quyidagicha to‘xtalib o‘tdilar: «Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish borasida to‘plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga bog‘liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to‘ldirish, tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, valyuta resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim rol o‘ynashini amalda tasdiqlamoqda». Bu borda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda korxonalarda xarajatlarni hisobga, xarajatlarni to‘liq va ishonchli aks ettirish korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishini aniq maqsadga yo‘naltirish dolzarb vazifalardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
- moddiy xarajatlar;
- asosiy fondlar amortizasiyasi;
- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
- boshqa xarajatlar;
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:
- xomashyo va materiallar xarajatlari;
- texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
- xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
- mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
- xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
- tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
- ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
- tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. R'=(P/W)*100
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R'=(P/Kavans)*100 bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiotlar:
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010.
Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003.