Korxona iqtisodiyoti


Raqobatchilar to‘g‘risida axborot olish uslublari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə91/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
12.5. Raqobatchilar to‘g‘risida axborot olish uslublari

Bozor munosabatlari sharoitida biznes to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish bu muvaffaqiyatning yarmi. Bozor sharoitida bozor haqidagi axborotlar o‘ta qimmatli tovar hisoblanadi. Raqobatchilar ichidan muvaffaqiyatli chiqish, biznesga jiddiy tus berish, tadbirkor o‘z taktikasi va strategiyasini belgilashi uchun eng qimmatli va zarur narsa bozor haqidagi, bozor sub’ektlari, ya’ni raqobatchilar haqidagi axborotlardir.


Ammo axborot o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritili qolinmaydi. U ma’lum miqdorda harajatni, vaqtni talab qiladi. lekin axborotga sarf qilingan harajat o‘n marotaba ko‘p foyda keltirishi mumkin. Tovarga qilingan harajat 1,5-2,0 barobar foyda keltirsa axborotga qilingan harajatning qanchalik samarali ekanligini baholash qiyin emas. Shu tufayli axborotdan tejalgan mablag‘ o‘ziga nisbatan qimmatga tushadi deydi tadbirkorlar.
Zamonaviy tadbirkor o‘z ishini axborot to‘plashdan boshlashi lozim. Agar unda aniq axborot bo‘lmasa ko‘r-ko‘rona ish boshlash bilan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Tadbirkor, eng avvalo, o‘zi ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan tovarining shu hududda bir qancha haridori borligini aniqlashi, shu tovarga bozorning to‘yinganlik darajasini, mazkur tovarni kimlar ishlab chiqayotganligini, o‘zi qancha ishlab chiqarish mumkinligini, raqobatchilar qanchadan sotayotganligi, bu esa undan arzonroq sotib qancha foyda qilish mumkinligi kabilarni obdon o‘rganib, aniq hisob-kitoblarga ega bo‘lishi lozim.
Axborotlar qo‘lga kiritilishi nuqtai nazaridan uch guruhga bo‘linadi:

  1. erkin oladigan axborotlar;

  2. sotib olinadigan axborotlar;

  3. o‘ta zarur ammo olshi qiyin bo‘lgan tijorat siriga mansub maxfiy axborotlar.

Rejali iqtisodiyot sharoitida maxfiy axborotlar faqat davlatniki bo‘lgan. Uni fosh qilmasligi uchun ayrim axborotlar maxfiy hisoblangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlar erkinligi prinsiplari va holatlari to‘g‘risida”gi 12 dekabr 2003 yilgi qonunda axborot erkinligi, uning prinsiplari, ochiqligi, oshkoraligi, olish va berishni rad etish tartiblari, muhofaza etish kabilarni huquqiy asoslari o‘z ifodasini topgan.
Ushbu qonunning 6 moddasiga binoan quyidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi:
- fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
- ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulotda vaziyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish ob’ektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;
- kutubxonalarning, arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
Maxfiy axborotlarni berishni rad etish qonunning 10 moddasida belgilab qo‘yilgan.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida maxfiy axborotlar nafaqat davlatga, balki barcha tadbirkorlarga, korxonalarga, birlashma kabi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ham daxldordir. Oldin maxfiy axborotlarni faqat davlat himoya qilgan bo‘lsa, endi axborotlarni himoya qilish ham quyidagi sub’ektlar o‘rtasida taqsimlanadi:

  1. davlat himoya qiladigan axborotlar;

  2. tijorat tizimi himoya qiladgan axborotlar;

  3. ikkalasi birgalikda himoya qiladigan axborotlar.

Hozirgi paytda davlat sirini saqlash bo‘yicha maxsus “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonun mavjud. Mazkur qonunda davlat siri, uni saqlash, oshkor qilmaslik, oshkor qilinganda javobgarlik kabi tartiblari aniq o‘rnatilgan. Ammo korxona, tashkilot tadbirkorlar kabi xo‘jalik yurituvchi tijorat sub’ektlari sirlariga nimalarning kirishi, ularni himoya qilish yo‘llari bo‘yicha aniq qonuniy normalar yetarli emas. Bu bo‘yicha maxsus qonun qabul qilinmagan. Yuqorida ko‘rganimizdek faqat mamlakatimizda amal qilib turgan fuqarolik Kodeksida uning ayrim normalari yozilgan.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda ularni tajribasidan kelib chiqib bizda ham, tadbirkorlar, bozor sub’ektlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plab sotadigan maxsus kompaniyalar, firmalar bor. Ular o‘zlari to‘plagan axborotlarni sotadilar. Bularga quyidagi axborotlarni kiritish mumkin:

  1. korxonaning moliyaviy ahvoli;

  2. boshqa hamkorlari bilan hisob-kitob olib borishdagi intizomi;

  3. debitor va kreditor qarzlari;

  4. qanday biznes bilan shug‘ullanishi;

  5. sheriklari bilan sudlanish darajasi;

  6. rahbarning nufuzi;

  7. jamoadagi axloqiy-ruhiy muhit kabilar.

Shuni unutmaslik kerakki, hayotda mayda-chuyda bo‘lganidek, biznesda bu o‘ta muhim. Ba’zan bizning tasavvurimizda hech narsaga arzimaydigan, mayda-chuydadek tuyulgan narsa biznesda juda katta muvaffaqiyat olib kelishi mumkin, yoki biznesmenni sindirib, inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Shu tufayli raqobatchilar to‘g‘risidagi barcha katta-kichik axborotlar mazkur korxona uchun o‘ta muhim va qimmatli hisoblanadi.
Korxona o‘z raqobatchilari to‘g‘risida axborot to‘plashi uchun qanday ishlarni amalga oshiradiQ Eng avvalo, u raqobatchilari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni oladi. Bu axborotlar umumiy xulosa qilish uchun asos bo‘ladi. Ikkinchidan, korxonaga kerak bo‘lgan to‘liqroq axborotlarni axtara boshlaydi. Bularga:

  1. korxona faoliyatining samaradorligi;

  2. ularning istiqboli;

  3. moliyaviy ahvoli;

  4. tavakkal qilish qobiliyati kabilar kiradi.

Uchinchidan, mazkur korxona qaysi biri bilan aloqa qilish mumkinligini aniqlab olgandan so‘ng, o‘sha korxona, uning rahbari haqida batafsil ma’lumotlarni to‘plashga kirishadi. Chunki korxonaning rahbaridagi insoniy va tadbirkorlik sifatlari biznes borasida aloqa qilish uchun juda muhim.
To‘plangan ma’lumotlar ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqiladi va ular yana qanday axborotlarni olish mumkin yoki qanday harakat qilish lozimligi xususida o‘z xulosalarini beradi.
Korxonalar o‘z sheriklari to‘g‘risida, ularning bozordagi mavqei haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. Korxonalar bozordagi mavqeiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
1. Raqobatchi korxonalar. Ularning mazkur bozordagi ulushi 25%gacha bo‘lishi mumkin.
2. Hukumron korxonalar. ularning bozordagi ulushi 25 dan 70 foizgacha bo‘lishi mumkin.
3. Monopol korxonalar. Ularning mazkur bozordagi ulushi 70% dan ortiq bo‘ladi.
Agar mazkur korxonaning bozordagi ulushi juda kam bo‘lsa erkin raqobatga chiqishda juda ehtiyot bo‘lishlari lozim. Hamisha “kitlar” “mayda baliqlar”ni yutib kelganlar.
Korxonalar to‘g‘risida axborot to‘plab, ularning raqobatbardoshligi va raqobat maydonidagi o‘rniga qarab to‘rt guruhga bo‘linishini ham inobatga olish lozim:
1. Xalqaro bozorda raqobat qiladigan korxonalar. Bu korxonalarning bozori nafaqat mamlakatda, balki uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda bo‘lishi mumkin. Bular hamisha o‘z mahsulotini xalqaro andozalar darajasida ishlab chiqarishga erishishi lozim. Oddiy korxonalar bunday korxona bilan raqobatga kirishmaydi. Demak, “kim kim bilan o‘ynashi mumkinligini” to‘g‘risida har bir korxona rahbariyati aniq xulosaga ega bo‘lishi lozim.
2. Xalqaro bozorda raqobat qilish qobliyatiga ega bo‘lmagan korxonalar. Bular ham yuqoridagi korxonalar singari mahsulot ishlab chiqishi mumkin. Ammo u xalqaro standartlar talabiga to‘liq javob bermaydi. Bu yuqori bosqichga o‘tishi uchun ham ancha ishlarni bajarishlari lozim. Ya’ni ilg‘or texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlarini joriy qilishi kabi.
3. Tabiiy monopoliyaga ega bo‘lgan korxonalar. Bunday korxonalar faqat o‘zlariga o‘xshash korxonalar bilan raqobat qilishi mumkin. Bu turdagi korxonalar uchun alohida “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida” qonun qabul qilingan.
4. Xorijiy raqobatchilarga bog‘liq bo‘lmagan korxonalar. Bularga mamlakat xom ashyosiga tayanib, mamlakat bozori uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Masalan, non, sut, go‘sht sanoati zavodlari kabilar. Ular o‘rtasidagi raqobat ichki raqobat bo‘lib hisoblanadi. Bu haqdagi ma’lumotlar ham xulosa qilish uchun o‘ta muhimdir.
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat muhiti ham, bozor konyukturasi ham, raqobatchilarning soni, mavqei ham tez o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarga har qanday korxona tayyor turishi lozim. Shu tufayli, har bir korxona bir qancha vazifalarni bajarishi lozim.
1. Har bir korxona o‘zining ishlab chiqarish quvvatidan to‘liq foydalangan holda bozorbop, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarib bozordagi mavqeini doimiy ravishda mustahkamlab borishga harakat qilmog‘i lozim.
2. Mahsulotning hajmini ko‘paytirish blan birga, sifatini oshirish, narxini pasaytirish choralarini ko‘rish doimiy ravishda diqqat e’tiboridan chetda bo‘lmasligi kerak.
3. Raqobatchilariga nisbatan foydani ko‘proq olish choralarini ko‘rish lozim, chunki erkin raqobat korxonani modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun hamisha imkoniyat bo‘lishini ta’minlashni talab qiladi.
4. Korxona ijtimoiy yacheyka sifatida xodimlarni rag‘batlantirishning noan’anaviy usullaridan foydalanish ustida tinimsiz ishlashi lozim. Chunki korxonaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoni tug‘uladi. Ishlayotgan kishilar o‘z kasbiy mahoratini oshirishga ichki tuyg‘u hosil bo‘ladi. Bu ham juda katta muvaffaqiyatlarning kaliti hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar erkinligi bosqichma-bosqich ta’minlanib boriladi. Ammo erkinlikni hech mahal o‘zboshimchalik deb tushunmaslik kerak. Har qanday korxonaning faoliyatini davlat o‘zining dastaklari bilan tartibga solib turadi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. soliqlar, ularning turlari va tabaqalangan stavkalari;

  2. amortizatsiyaning namunaviy normalari;

  3. valyuta kursi;

  4. davlat byudjetiga soliqsiz turli majburiy to‘lovlar;

  5. bojxona tarifi;

  6. ekologik me’yorlar, tashqi muhitni ifloslantirilganlik bo‘yicha to‘lovlar;

  7. bank krediti foizlari;

  8. standartlar, texnik shartlar va h.k.

Korxonalar to‘g‘risida axborot olganda uning davlat bilan bo‘lgan munosabatini albatta tekshirib ko‘rish kerak. Chunki har qanday korxona davlatga xiyonat qilsa hamkorini aldamaslikning iloji yo‘q. Shu tufayli korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun sheriklarga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida yetti o‘lchab emas yetmish o‘lchab keyin esa ekspertlar xulosasiga asoslangan holda “kesish” kerak. Shundagina u o‘zining yashovchanligini saqlab qoladi va ma’lum ma’noda umumiy xavfsizligini, ayniqsa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydi.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin