Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə17/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Jami mulk shakli

Shu jumladan

Yillar

o`zgartirilgan korxonalar soni

Xususiylashti-rilgan

aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan

1995

8537

7511

1026

1996

1915

658

1257

1997

1231

443

788

1998

451

103

110

1999

448

156

141

2000

374

103

152

2001

1085

678

177

2002

2000

1260

740

Yuqorida keltirilgan jarayonning boshlanishida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishning o`ziga xos yo`nalishlarini qayd qilish zarur. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:


- ijara korxonalarining tashkil etilishi;
- mulkchilikning aralash shakllari, ya’ni davlat va shirkatchilik shakllariga ega bo`lgan korxonalarni tashkil etilishi;
- dastlabki xususiy korxonalar va aksiyadorlik kompaniyalarning tashkil etilishi;
- boshqaruvning oliy va o`rta bo`g‘inining qayta tashkil etilishi. Bu yo`nalish vazirliklar va idoralar aksiyadorlik negizidagi korporatsiyalar va konsernlarga aylantirilishini taqozo qiladi.
1990-1992 yillari O‘zbekiston Respublikasida yuqorida keltirilgan yo`nalishlar orqali mulkchilikning nodavlat shakllariga ega bo`lgan ishlab chiqarish tuzilmalarining barcha turlari tashkil etildi va sinovlar o`tkazildi. Ushbu jarayon davlat korxonalarini ommaviy tarzda davlat tasarrufidan chiqarishiga ob’ektiv imkoniyatlar yaratdi.
Davlat mulkini (korxonalarini) isloh qilish, ya’ni xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarishning, jahonning turli davlatlari tajribasidan kelib chiqib, quyidagi usullar asosida amalga oshirilishi mumkin:
1. Davlat korxonalari aksiyalarini ochiq sotish;
2. Davlat korxonalarini xususiy investrlash (mavjud ob’ektni to`g‘ridan-to`g‘ri sotib olish yoki aksiyalar paketini to`la sotib olish yo`li bilan amalga oshiriladi);
3. Korxonalarning mulkini sotish va keyinchalik mavjud qarzlarni to`lash yo`li bilan davlat korxonasini tugatish;
4. Davlat korxonasini alohida bo`limlarga ajratish yoki bo`lish va qayta qurish yo`li bilan ularni qismlar bo`yicha sotish;
5. Aksiyalarni kim oshdi savdosi orqali sotish;
6. Korxonalarni mehnat jamoasi a’zolari va rahbarlari tomonidan sotib olish;
7. Davlat korxonasining xususiy shaxs tomonidan ijaraga olinishi yoki davlat va xususiy korxonalar o`rtasida korxonani boshqarish to`g‘risida bitim tuzish. Bunday korxonaning mablag‘lari davlat mulkchiligicha qoladi.


  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin