Korxona ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi



Yüklə 37,76 Kb.
səhifə7/7
tarix14.12.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#178148
1   2   3   4   5   6   7
Korxonaning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi

Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin bo'lgan omillar:

- ishlab chiqarishni intensivlashtirish,

- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish

- korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash.

Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullaridan foydalanish orqali erishiladi.


Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo`ljallangan fundamental maqsadlarni o`rtaga qo`yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo`llarini belgilashni ham o`z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to`xtovsiz oshirib borish asosiy o`rinda turadi.
O`zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma`naviy ne`matlarga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish, kelajakda esa – ularni mo`l-ko`l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog`liqdir.
Mustaqillikka erishilganlik, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganlik, iqtisody-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o`ringa qo`ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma`ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni intensiv taraqqiyot yo`liga o`tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
Ma`lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya`ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo`r beruvchi, kuchay­tiruvchi omillar harakatda bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo`ladi; agar yana ham ko`proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo`llaniladigan bo`lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.
O`zbekiston sanoatida ana shu ikki yo`ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o`sib bormoqda.
Samaradorlik so`zi – bu eng ko`p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo`lib, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o`qish va o`qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar.
Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining «ko`zgusi» hisoblanadi. Bu «ko`zgu»da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko`rish mumkin. Ma`lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o`z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Uning uchun ma`lum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o`rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko`zgusi» bo`lgan samaradorlikda ko`zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirishdan iborat.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o`rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab ko`p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo`ladi: a) moddiy resurslar, b) mehnat resurslari, v) moliyaviy resurslar, g) energetik resurslar, d) axborot resurslari, ya`ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo`nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo`nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko`rsatib berilgan.
Samaradorlik – bu foydalilik, natijalilikdir. Ma`lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish va ma`lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o`zaro nisbatidir.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo`lish shartli bo`linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog`liq bo`lgan natijalarning hammasi iqtisodiy va ma`lum ma`noda ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda shuni eslatib o`tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sun`iy bo`linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo`lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo`lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat tovarlarining aholi jon boshiga iste`mol qilinishi, ijtimoiy iste`mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo`yicha xarajatlarning o`sishi bilan tavsiflanadi.

Ekologik samaradorlik. Jahondagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli bir qator xalqaro kelishuvlar, konventsiyalar va yirik loyihalar shakllantirilgan. O`zbekiston Respublikasi ham bunday xalqaro kelishuvlarning faol qatnashchisi hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari xalqaro konventsiyalar va kelishuvlar shartlariga mos kelishi ekspertlar tomonidan o`rganilgach, tadbiq etish uchun tavsiya etiladi.


1992 yilda BMT tomonidan iqlim o`zgarishlari to`g’risidagi Konventsiya qabul qilindi va a`zo bo`lish uchun ochildi. 1993 yilda O`zbekiston Respublikasi ushbu Konventsiyaga a`zo bo`ldi. Konventsiya global iqlim o`zgarishlari va uning oqibatlariga qarshi kurash borasidagi birinchi xalqaro kelishuv bo`ldi. Ushbu kelishuvning asosiy maqsadi – insoniyat tomonidan parnik gazlari chiqarishni maromlashtirish evaziga iqlimga antropogen ta`sirlarni kamaytirishdan iborat. 1997 yilning 11dekabrida YAponiyaning Kioto shahrida Konventsiyaga Protokol imzolandi. O`sha paytda 159 ta mamlakat Protokolni qabul qilgan bo`lsa, hozirgi kunda Kioto Protokolini imzolagan mamlakatlar soni 192 taga etdi. O`zbekiston Respublikasi Kioto Protokolini 1999 yilda qabul qildi.
Kioto Protokoli – xalqaro kelishuv bo`lib, 1990 yilga nisbatan 2008-2012 yillarda atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni tadbiq etish to`g’risidagi javobgarlik shartnomasidir.
2002 yilning avgustida yo`ldosh gazlarni yondirish hajmlarini kamaytirish borasidagi Global Hamkorlik (GGFR) tashkil etildi. O`zbekiston respublikasi tomonidan 2008 yilda “O`zbekneftegaz” MXK ushbu GGFR Hamkorligiga a`zo bo`ldi. Global Hamkorlik neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hukumatlari, davlat korxonalari va yirik xalqaro neft kompaniyalari vakillarini birlashtirib, ularning o`rtasida yo`ldosh gazlarni yondirish hajmlarini kamaytirish borasidagi ilg’or jahon tajribasining almashinuvi va maxsus dasturlarni amalga oshirilishiga ko`maklashadi. Hamkorlikka 21 ta mamlakat, 12 ta xalqaro neft kompaniyalari va 4 ta Xalqaro tashkilotlar a`zodir.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan Sof rivojlanish mexanizmi doirasida 14 loyiha amalga oshirilmoqda. Bulardan 7 tasi neft-gaz sohasida, 6 tasi kimyo sohasida, 1 tasi chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida amalga oshirilmoqda. SHuni alohida ta`kidlash lozimki, O`zbekiston nafaqat SHarqiy Evropa va SNG mamlakatlari o`rtasida, balki dunyo reytingida yuqori o`rinlarni egallab kelmoqda: chiqindi hajmlarini yillik kamaytirish bo`yicha – 8 o`rinda, loyihalar soni bo`yicha – 19 o`rinda turadi. Neft va gaz sohasidagi 7 ta loyiha bo`yicha rejalashtirilayotgan qisqartirishlar yiliga 6,5 mln. tonna SO2 ni tashkil etadi.

Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o`zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o`rtasidagi munosabatlar ta`riflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo`ladi.


Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko`rsatkichlar tizimida aks etadi.
Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma`noda mezon – bu asosiy o`lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizni obyektiv haqiqatligini, to`g`riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak bo`ladi. Demak, samarani o`lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo`llaniladi va umuman xalq xo`jaligi bo`yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish obyektlari bo`yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig`imlarini aks ettiruvchi differentsiyalangan ko`rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday ko`rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig`imi, material sig`imi, fond sig`imi, kapital sig`imi kiradi.
Mehnat sig`imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsulotning yoki natural shaklda ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi.
Mahsulotning sermehnatliligi – bu muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta traktorni, kostyumni yoki ko`ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo`lgan ish vaqti miqdorini ifodalovchi ko`rsatkich hisoblanadi.
Mehnat sig`imining uch turi bo`ladi: texnologik, to`la va xalq xo`jaligi mehnat sig`imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab esa u yana uch turga: rejali mehnat, normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig`imlariga bo`linadi.
Mehnat sig`imi bevosita sarf (asosiy xodimlar sarf qilgan mehnat) bo`yicha, to`la sarf (yordamchi xodimlar sarf qilgan mehnat) bo`yicha hamda umumiy ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa moddiy sarflar miqdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:
Ko`pincha amaliyotda mehnat sig`imining boshqacha ma`nosini bildiruvchi mehnat unumdorligi (Mu) ko`rsatkichidan foydalaniladi:
Mehnat unumdorligi – bu inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi-ko`pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Ishlab chiqarishning material sig`imi – bu mahsulot (ish bajarish, yoki xizmat ko`rsatish) birligiga ketadigan va unda ifodalanadigan moddiy resurslar (xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olinadigan butlovchi buyumlar va yarim fabrikatlar, yoqilg`i va energiya) yalpi sarfini tavsiflab beruvchi ko`rsatkichdir. U quyidagi formula yordami bilan ifodalanadi:
Ishlab chiqarishning fond talabligi bu mahsulot birligiga (natural yoki qiymat doirasida) to`g`ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini tavsiflovchi ko`rsatkichdir. Fond sig`imi (Fs) asosiy fondlardan foydalanishning samaradorligini ko`rsatadi va uning o`rtacha yillik qiymatini (F) mahsulot hajmiga (Mx) nisbatini ifodalaydi:
Bu miqdorning teskarisi fond samarasi (natijasi) yoki fond qaytimi (Fk) deb yuritiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini baholashda kapital qo`yilmalardan foydalanish ko`rsatkichlari ishlab chiqarish fondlarini qayta takror ishlab chiqarishning yangi asosiy va aylanma fondlarini yaratish uchun zarur bo`lgan jamg`arma fondlari samaradorligini tavsiflaydi. Bunday ko`rsatkichlardan eng muhimi kapital talablik yoki kapital sig`imi hisoblanadi. Bu ko`rsatkich (Ks) kapital mablag`lar (K) ning yordami bilan tayyorlangan mahsulotning ko`paygan qismiga nisbati bilan ifodalanadi:
Yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator tabaqalashtirilgan (differentsiyalangan) ko`rsatkichlar ishlab chiqarishning samaradorligini baholash va tashkil etishda muhim o`rin egallaydi, xarajatlar va resurslar asosiy turlarining qaytarib berilishini tavsiflaydi. Lekin, faqat bu ko`rsatkichlar asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi o`zgarishiga baho berish qiyin, chunki ular o`zgarishning xarakteri va dinamikasini taqqoslay olmaydi. Undan tashqari, ba`zi bir davrlarda ular har xil yo`nalishda o`zgaradilar.
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni o`z ichiga olishi kerak, balki uning butunlay o`zgarishini, yig`indi (integral) samaradorlikni baholashni ham o`z ichiga oladi. Mana shu maqsadda iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks ko`rsatsichlari hisoblab chiqiladi va ishlab chiqarishning oqibat natijalari shu ko`rsatkichlar yordamida tahlil etiladi. Bunday ko`rsatkichlar turli xarajatlar va resurslarning darajasini yig`ilgan turda, har xil omillarning ta`sirini hisobga oladi.
Ishlab chiqarish – texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantlarni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va uning optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlab olish hamda uni asoslab berish uchun qo`shimcha kapital mablag`larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak bo`ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko`p, xilma-xil omillari va asosiy yo`nalishlar mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo`linishi mumkin: manba bo`yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari bo`yicha, omillarning o`rni va amalga oshirish darajasi bo`yicha.
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo`yicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig`imi, material sig`imi, fond sig`imi hamda kapital mablag` talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari bo`yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yo`nalishlar g`oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko`tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag`batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo`lga qo`yish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish va bu tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish samaradorlikni oshirishning asosiy yo`nalishi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo`llaridan yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil mehnat unumdorligini o`stirishning kamida uchdan ikki qismini ta`minlaydi.
Ma`lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining xarakteri va mazmuni o`z xususiyatlariga ega bo`ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o`tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o`zgarishlargagina emas, balki ko`proq sifat o`zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik iqtisodiyotdagi sifat o`zgarishlari bilan bog`liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham to`liq joriy etiladi.
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga ko`tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g`ayrati, jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning kudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi deb aytadilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg`or texnika-texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuchgina emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subyekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali ruyobga chiqadi. Bu faoliyat yo`nalishi va natijalari xodimning o`z faoliyatida qanday o`y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yo`l-yo`riqlarga, muddaolarga va psixologik e`tiqodlarga amal qilishiga bog`liq. Shu sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni rag`batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.

1


2


Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin