Asosiy maqsadi: - Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash;
- ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko‘st to‘ldirish;
- asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish;
- shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish;
- ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori, 2009 yil 28 yanvar 1050-son. Asosiy maqsadi: - raqobatbardosh yuqori sifatli nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va turlarini kengaytirishni rag‘batlantirish;
- ichki iste’mol bozorini ular bilan yanada to‘liqroq boyitish;
- tayyor nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi yangi mahalliy korxonalarni tashkil etish;
- mavjud korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
- buning asosida aholi bandligini ta’minlash, insonlarning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori, 2009 yil 29 yanvar 1051-son.
Asosiy maqsadi: - mamlakatimiz shaharlari va aholi punktlari qiyofasini tubdan o‘zgartirish;
- arxitekturaviy rejalashtirgan holda qurishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisobiga uy-joy fondining holatini qat’iyan yaxshilash;
- uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha pudrat ishlarini yanada kengaytirishni rag‘batlantirish.