Tovar murakkab tushuncha bo‘lib, bir qator xususiyatlar yig‘indisini qamrab oladi. Ulardan asosiysi iste‘molchilik sifatlari, ya‘ni tovarning o‘z egasi ehtiyojlarini qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ta‘rifi -«sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to‘g‘ri bo‘lsada, tovarni pulga ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini ko‘rsatish muhim: tovar bu – ma’lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovarning boshqa yana bir ta‘rifiga ko‘ra – bu buyumning foydali xususiyatlari yig‘indisidir. Shu sababli u iste‘molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur bo‘lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi
Tashqi bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni tanlashda ichki bozorda sotuv natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo‘ljallanuvchi tovarlar narx, estetika va funktsiyalar nuqtai nazaridan o‘ziga xos baholashni talab qilishini yoddan chiqarmaslik zarur.