Nazariya va amaliyotda qadriyatlar yo’nalishining oltita turini ajratib ko’rsatish mumkin
Yo’nalish turi
Qadriyatlar kategoriyasi
Korxona ko’zlayotgan maqsadlar toifalari
Nazariy
Haqiqat, Bilim, Oqilona fikrlash
Uzoq muddatli tadqiqotlar va ishlanmalar
Iqtisodiy
Qulaylik, Foydalilik, Boylik jamg’arish
O’sish, Foyda olish, Natijalar
Siyosiy
Xokimiyat, Hurmat qozonish
Kapital va sotishning umumiy xajmi, ishlovchilar soni
Ijtimoiy
Yaxshi munosabatlar, Sadoqat, Nizolarning bo’lmasligi
Foydalilikdan ijtimoiy mas’uliyatning yuqori turishi, Bilvosita raqobat, Tashkilotdagi yaxshi muxit
Estetik
Badiiy muvofiqlik, Shakl va o’lchamlar mosligi, Tarkib
Mahsulot dizayni, Sifat, Foydani kamayishi hisobiga bo’lsa ham ko’rkamlikni ta’minlash
Diniy
Borliq bilan muvofiqlik, kelishuv
Etika, Ma’naviy muammolar
Qadriyatlar yo’nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi
Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona ob’ro’sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me’yor va g’oyalari majmuasi bilan chambarchas bog’liqdir. U hayotda quyidagilarda o’z aksini topadi:
Korxona missiyasi uning madaniyati - korxona ob’ro’sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me’yor va g’oyalari majmuasi bilan chambarchas bog’liqdir. U hayotda quyidagilarda o’z aksini topadi:
korxonaning xatti-harakatlarida - barcha xodimlar uchun yagona bo’lgan tamoyillarda;
firma kommunikatsiyalarida - axborotni uzatish usullarida;
korxonani ko’rgazmali taqdim etish vositalarida - firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko’rinishi va x.k.
Korxona imidji firmaning iste’molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas’uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli taassurot uyg’otishga intilishini aks ettiradi.