Kompaniya qonunlar va axloqiy me’yorlarga amal qiladi.
Kompaniya toza tashkiliy madaniyatni saqlaydi.
Biz mijozlarni, aktsiyadorlarni va xodimlarni hurmat qilamiz.
Atrof-muhit, salomatlik va xavfsizlik haqida qayg’uradi.
Samsung – ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya.
XULOSa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, korxona qudrati korxonaning raqobatbardoshlik darajasida namoyon bo’ladi. Korxonaning raqobatbardoshlik darajasi esa korxonaning sotsial va iqtisodiy salohiyatida namoyon bo’ladi.
Korxonaning sotsial salohiyati korxonaning uning iste’molchilariga, xodimlariga, o’zining xalqaro reytinglardagino’rniga bo’lgan e’tiboriga bog’liq hisoblanadi. Korxona qancha ko’p iste’molchilarini tahlil qilsa, ularning segmentiga e’tibor qaratsa, uning iste’molchilari soni shunchalik ortib boraveradi. Lekin har qanday korxona iste’molchilarining ko’payishi faqatgina ularning xohishlariga mos mahsulot ishlab chiqarish bilan cheklanibgina qolmay, balki ularning ishonchlarini qozonishlariga ham bog’liq bo’ladi. Ishonchni qozonish uchun esa ularning haq huquqlarini e’tiborga olish, iste’molchiga ko’rsatilgan xizmatdan iste’molchi norozi bo’lgan taqdirda uning haq huquqlarini himoya qilish muhim omil sifatida hisobga olinadi.