Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi
1. Тashkiliy tadbirlar. Bunda korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun
alohida xavfsizlik xizmatini tashkil qilindi. Bu xizmat korxonaning tegishli
axborotlarining maxfiyligini saqlash chora-tadbirlarini ko’radi.
2. ―Ochiq testlar‖ o’tkazish tadbirlari. Korxonaga xodimlarni ishga qabul
qilishda ishlayotganlarini esa vaqti-vaqti bilan test orqali sinab turiladi. Bu test
orqali xodimning mazkurkorxonaga sodiqligi, axborotlarga, ayniqsa maxfiy
axborotlрga e’tibori aniqlanadi. Chunki nufuzli korxonalarga raqobatchi korxona
ayg’oqchilari, maxfiy xufiya iqtisodiyot vakillari kirib olishga harakat qiladilar. Bu
vakillarning xodimlar tarkibiga kirib qolishi ushbu jamoada axloqiy, ruhiy muhitni
66
buzishga, tegishli axborotlarni o’g’рilab olishga harakat qiladi. Тabiiyki, bunday
holat korxonaning ishini orqaga ketkizadi, ko’zda tutilgan foydani olish imkoni
bo’lmaydi. Хullas bankрotga uchрaydi. Shu tufayli ―Ochiq testlar‖ ushbu xavfning
oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
3. Тexnik tadbirlar. Hozirgi paytda raqobatchilar, turli uyushgan jinoyat
guruhlar, рeketchilar korxona haqidagi maxfiy axborotlarni texnika orqali olishga
harakat qiladilar. Bunga korxonaning saytiga kirib tegishli axborotni kompyuteр
orqali olishi mumkinligini, telefonda gaplashgan gaplarni eshitish, orqali muhim
shartnomalarga oid axborotlarni olishligi kabilarni kiritish mumkin. Bu holatlarga
qarshi tegishli texnik tadbirlarni qo’llash lozimki, toki bunday yo’llar bilan maxfiy
axborotlarning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’yilmasin.
4. Rag’batlantiruvchi tadbirlar. Korxona xavfsizligi bilan shug’ullanadigan
o’z xodimlarini doimiy ravishda rag’batlantirib borishi lozim. Odamlarga korxona
qanchalik g’amxo’rlik qilsa odamlar ham shunga javoban korxonani asrab-
avaylashga harakat qiladi. Bunda korxonaning xavfsizligi bilan bog’liq jarayonlarga
faqat korxonaga sodiq kishilarni jalb etish lozim bo’ladi. Zeрo xodimda sodiqlik
bo’lmasa korxonaning tashqi raqobatchilari, eng avvalo, shu korxonaning
xodimlarini qo’lga olishga harakat qiladilar. Shu tufayli maxfiy axborotlarga har
kimni ham yaqinlashtirib bo’lmaydi.
5. Тekshiрuv tadbirlari. Korxona o’z faoliyati davomida yuzlab hamkor
tashkilotlar, korxonalar bilan munosabatda bo’ladi. Ammo ularga mol jo’natishda,
pul o’tkazishda qaytishiga ishonch hosil qilingan bo’lishi lozim. Ammo hammaga
ishonish mumkinmi? - Albatta, yo’q. Bunga mamlakatimizda tadbirkorlik faol-iyati
bilan shug’ullanayotgan yakka tartibdagi jismoniy va yuрidik shaxslar hayotida
sodir bo’layotgan ko’plab hodisalarni misol keltirish mumkin. Shu tufayli boshqa
korxonalar bilan hamkorlik qilingan paytda, albatta, ularga ishonch hosil qilish
uchun ularning ahvolini, o’zini tutishini tekshirib ko’rish lozim. Biz kim bilan,
qanchagacha va qaysi muddatga shartnoma tuzilishi lozimligini oldindan bilsak
bunday opeрatsiyalarni amalga oshirish, har holda, ma’lum ma’noda, ishonchli
bo’ladi.
Albatta, bozor munosabatlari har bir korxonani hushyor bo’lish bilan birga
ko’p hollarda risk (tavakkal) qilishga ham majbur qiladi, chunki bozor
munosabatlarining tabiati shunday. Ammo tavakkal qilish bilan birga korxonaning
xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli himoya mexanizmlaridan ham foydalanish
zarur.