Ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali auditini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish
Ustav, qo’shilgan va zahira kapitallarini shakllanishi va harakati, shuningdek zahiralarni tashkil etish va foydalanish auditini o’tkazishda auditor quyidagi asosiy qujjatlarga amal qilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002-yil 30- avgust holatiga o’zgarishlar bilan. 1996-yil 29-avgustda 257-1-sonli O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarori bilan 1997-yil 1-martdan kuchga kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2002-yil 9- may holatiga o’zgarishlar bilan. 1997-yil 24-aprelda 391-6-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan.
“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan). 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan.
”Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan
“Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan). 2001 -yil 12-mayda qabul qilingan.
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 2000- yil 26- mayda qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 7- fevraldagi 31-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakillari va ularni to’ldirish qoidalari” (keyingi o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan).
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq Qo’mitasi tomonidan 2002- yil 17- aprelda 51 va 002-40-sonli Qarori bilan qabul qilingan “Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda Nizom kapitallarini (jamg’armalarini) shakllantirmagan xorijiy investitsiyalarga ega bo’ lgan korxonalardan soliqlarni undirib olish tartibi to’g’risidagi Nizom”.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat Mulk Qo’mitasi va Davlat Soliq Qo’mitasi tomonidan 2002 -yil 25-martda 47, 10-1-48, 2002-33-sonli Qarori bilan qabul qilingan “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan davlat tasaruffidagi (davlat ulushi) aktsiyalar bo’yicha dividendlarni hisoblash, to’lash va maqsadli foydalanish tartibi to’g’risida Nizom”.
11O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 -yil 9- sentyabrdagi 37-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 - yil 26-iyulda 17-07/06-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asosi”.
13.1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy andozasi (BHMA).O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1998-yil 26- iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan.
19-sonli “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” O’zbekiston Respublikasi BHMSsi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999 -yil 19-oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan
tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo’mitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 15, 2002-12-son bilan tasdiqlangan “Huquqiy shaxslar daromad (foyda)lari bo’yicha soliqlarni hisoblash va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida Nizom”.
Dastlabki hujjatlar va hisob registrlari.
Nizom, qo’shilgan, zahira kapitali va zahiralarni shakllanishi va harakatining auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditor (auditorlik tashkiloti) tomonidan quyidagi asosiy hujjatlardan foydalaniladi:
korxona Nizomi;
ta’sis shartnomasi;
ta’sischilar majlislarining bayonnomalari;
davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma;
korxonalarni xususiylashtirish va aktsionerlash bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar;
statistika, davlat soliq idoralari, nafaqa jamg’armasi, bandlik jamg’armasi, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi idoralarida ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida guvohnomalar;
bank xizmati ko’rsatish to’g’risida guvohnoma;
ta’sis hujjatlariga kiritilgan va ro’yxatga olingan o’zgarishlar;
emissiya prospekti;
-aktsiyadorlik jamiyatlari uchun aktsiyadorlar reestri; aktsiyadorlarning yillik majlisi bayonnomalaridan ko’chirma;
-aktsiyadorlar, ta’sischilarning majlisi bayonnomalaridan ko’chirma;
direktorlar Kengashi majlislarining qarorlaridan ko’chir ma;
ijro direktsiyasining buyruqlari va farmoyiyullari;
ma’ lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar varuxsatnomalar;
ta’sischilar va aktsiyadorlar bilan yozishuvlar; ichki Nizomlar;
Nizom kapitaliga ta’sischilar tomonidan o’ z ulushlarini pul, natura, nomoddiy shaklda yoki qimmatli qog’ozlar ko’rinishida kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ko’chirmalari, kirim kassa orderlari, Nizom kapitaliga ulush sifatida natura ko’rinishida taqdim etilgan mol-mulkni kirim qilish to’g’risida dalolatnomalar va boshqalar); Nizom kapitaliga natura va nomoddiy ko’rinishida kiritiladigan ulushlarning baholash uslubi;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt davlat ro’yxatidan o’tganidan keyingi boshlang’ich faoliyat davri bo’yicha hisobot;
yillik hisobot.
Kоrхоnа va tashkilotlаrdа invеstitsiyalаngаn хususiy vа qаrzgа оlingаn kаpitаllаr turli ko’rinishlаrdа hаrаkаt qilаdi.
Kоrхоnа va tashkilotning хususiy kаpitаli quyidаgi shаkl bo’yichа ifоdаlаdi: