Korxona xususiy kapital auditi



Yüklə 156,52 Kb.
səhifə3/26
tarix20.06.2023
ölçüsü156,52 Kb.
#133203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
KORXONA XUSUSIY KAPITAL AUDITI kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 3 tа bob, хulosа vа tаkliflаr, foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаtidаn iborаt. Ishning tаrkibi uning mаqsаdi vа yo’nаlishlаrini ifodаlаydi.
1. Korxonada ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalni hisobga olishning ahamiyati
Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda. Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning,
shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.
Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:

Yüklə 156,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin