Sotsialistik reja asosidagi iqtisodiyot yillarida mavjud bo‘lgan buyruqbozlik rejalaridan farqli ravishda, marketing rejalari bajarilishi majburiy emas, chunki tashqi sharoitlar muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Shu sababli marketingni rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki korxona menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy jihatlariga va yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Marketingni rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar korxona o‘z maqsadlariga erishish uchun bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini tushunishi mumkin.
Marketingda strategik rejalashtirish nima?
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatning yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir.
Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlami o‘z ichiga oladi:
Joriy strategiyani aniq bilib olish.
Mahsulot portfelini tahlil qilish.
Korxona strategiyasini tanlash.
Tanlangan strategiyani baholash.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi:
«Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi.
Marketing strategiyasi bosqichlari: