Korxonalar iqtisodiyoti fanidan test


texnologik, predmetli va aralash



Yüklə 29,31 Kb.
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü29,31 Kb.
#82053
1   2   3
Korxona test Hemis

texnologik, predmetli va aralash.

  1. Savol: Tayyor mahsulotning maqsadlariga koʻra korxonalar qanday turlarga boʻlinadi?

Javob: Barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.

  1. Savol: Noishlab chiqarish personali kimlar?

Javob: Noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xoʻjaliklarda, sogʻliqni saqlash, profilaktika va taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar.

  1. Savol: Doimiy xarajatlarga nimalar kiradi?

Javob: korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara xaqi qoʻriqlash xizmati xarajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va va x.k.

  1. Savol: Korporatsiyaga mos taʼrifni belgilang.

Javob: Barchasi

  1. Savol: Yil davomida ishlash muddatiga koʻra korxonalar qanday turlarga boʻlinadi?

Javob: Korxonalar mavsumiy va yil boʻyi faoliyat yurituvchilarga boʻlinadi.

  1. Savol: Maʼnaviy eskirish nima?

Javob: Asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotilishidir.

  1. Savol: Ixtisoslashuv darajasiga koʻra, korxonalar qanday turlarga boʻlinadi?

Javob: Ixtisoslashgan, universal va aralash.

  1. Savol: Asosiy fondlar nima?

Javob: Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi.

  1. Savol: Tashqi xarajatlarga nimalar kiradi?

Javob: Xom ashyo xarajatlari, yonilg‘i-energiya xarajatlari, transport-aloqa xizmati xarajatlari, bank xizmati xarajatlari.

  1. Savol: Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga qanday korxonalar kiradi?

Javob: Nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar

  1. Savol: Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra korxonalar qanday turlarga bo‘linadi?

Javob: Sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.

  1. Savol: Mikrofirmalarga mos javobni belgilang.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar.

  1. Savol: Korxonada boshqaruvning ta`siri nimaga yo`naltirilgan bo`ladi?

Javob: boshqaruv ob’ektiga

  1. Savol: *** - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko`rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Yulduzchalar o`rniga mos javobni belgilang.

Javob: Boshqaruv faoliyati

  1. Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini amalga oshirish muddatiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin?

Javob: joriy va istiqbolli

  1. Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini ahamiyat darajasiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin?

Javob: asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);

  1. Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini boshqaruv ob`ektiga munosabatiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin?

Javob: xususiy va umumiy;

  1. Savol: Korxonani boshqarishning maqsadlarini natijaga erishish darajasiga ko`ra qanday turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin?

Javob: yakuniy va oraliq yoki bosqichli

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari kompetentlik va mas`uliyat bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari;

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari mazmuni bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari;

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari xarakteri bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: operativ-taqsimlovchi, xo’jalik-raxbarlik va me’yoriy boshqaruv qarorlari;

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish darajasi bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: bir va ko’p darajali boshqaruv qarorlari;

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish yo`nalishi bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: ichki va tashqi;

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish miqyosi bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: xususiy va umumiy (majmuaviy);

  1. Savol: Boshqaruv qarorlari ta`sir ko`rsatish davri bo`yicha qanday turlarga tasniflanadi?

Javob: bir martalik va ko’p martalik.

  1. Savol: Tashkiliy tuzilma nima?

Javob:
Yüklə 29,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin