INNOVATSION JARAYONLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
3.1. Korxonalarni boshqarishda innovatsion jarayonlar samaradorligini
oshirish yo’llari
Iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarning innovatsion rivojlanish xiliga o’tishning tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi quyidagi tadbirlar majmuasidan iborat:
mahsulotlarni oddiy maqsadlar va operatsiyalar orqali ishlab chiqarishga yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik tizimini yaratish. Buning asosida ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi avlodni qabul qilish yoki mukammallashtirish yotadi;
istiqbolli sohalarni egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik firmalarni, ilmiy laboratoriyalarni yaratish;
o’zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalashtirishni, ularning natijalaridan foydalanish huququni egallash, mutaxassislarni o’qitish va qayta o’qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat berish xizmatlarini olgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni shakllantirish;
ilmiy izlanish ishlarini olib boish uchun boshqa firmalar bilan aloqani tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion loyihalarni amalga qo’llash;
yetakchi mutaxassislardan keng integratsiyalashuvga o’tish asosida boshqaruvni demokratik va koodinatsion usullarini rivojlantirish.
Bunda tashkiliy strukturani odatda tekis deyiladi, shuning bilan birga yuqori boshqaruvchilar va ijrochilar orasida daraja eng minimal hisoblanadi:
ilm, ishlab chiqarish va bozorni integratsiyalashuvi muammosi bilan bog’liq butun ilmiy qayta ishlab chiqarish tsiklida strategik qarorlarni qabul qilishni ta’minlovchi innovatsion analitik strategik markazlarni shakllantirish;
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, aqliy mehnatni xalqaro taqsimlanishida qatnashish, yirik innovatsion dasturni va loyihalarni amalga oshirish.