3. Korporativ moliya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlarining oʻzaro ketma-ketligi Korxonalarda moliyaviy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni aniq bosqichlar ketma-ketligiga asoslanishi lozim. Shundagina moliyaviy strategiyadan kutilayotgan samaradorlikka erishish ta’minlanishi mumkin. Umuman moliya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi (1-jadval):
1-jadval
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari
Bosqichlar
Izoh
1-bosqich
Moliyaviy strategiyani shakllantirishning umumiy davrini aniqlash
2-bosqich
Tashqi moliyaviy muhit bilan bogʻliq omillarni oʻrganish
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlarining har biri xususida quyida alohida toʻxtalib oʻtamiz.
Moliyaviy strategiyani shakllantirishning umumiy davrini aniqlash. Bunda korxonani rivojlantirish korporativ strategiyasini shakllantirish uchun qabul qilinadigan davr moliyaviy strategiyaga tobe xarakterda boʻlishi kerak, ya’ni moliyaviy strategiyani amalga oshirish belgilangan vaqt chegarasidan chiqmasligi lozim (bozor kon’yukturasini hisobga olgan holda 3-5 yil doirasida, shuningdek korxonaning hayotiy sikli, tarmoq boʻysunishi hisobga olinadi).
Tashqi moliyaviy muhit bilan bogʻliq omillarni oʻrganish. Bunda korxona moliyaviy faoliyati iqtisodiy-huquqiy shart-sharoitlari va ularning moliyaviy strategiya belgilangan davrda mumkin boʻlgan oʻzgarishlari oʻrganib chiqiladi. Bundan tashqari bu bosqichda moliyaviy bozor kon’yukturasi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi, shuningdek korxonaning istiqboldagi moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq alohida segmentlari kesimida moliyaviy bozor kon’yukturasi prognozi ishlab chiqiladi.
Korxona moliyaviy faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini baholash. Bunday baholash jarayonida ochilayotgan investitsion imkoniyatlardan foydalanish uchun korxonaning yetarlicha real imkoniyatga egaligi, shuningdek moliyaviy faoliyat samaradorligini pasaytiruvchi ichki omillar aniqlanishi kerak. Moliyaviy faoliyatni amalga oshirishdagi ichki muammolar diagnostikasi uchun korxonaning turli funksional zonalarini oʻrganishga asoslangan, moliyaviy faoliyatni rivojlantirishni ta’minlovchi korxona boshqaruvini tadqiq qilish metodidan foydalaniladi. Tadqiq qilish funksional zonalari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
korxona boshqaruvi tashkiliy tuzilishi va tashkiliy madaniyati holati.
Korxonaning strategik moliyaviy holatini kompleks baholash. Bunday baholash jarayonida korxona moliyaviy faoliyatini rivojlantirishning imkoniyatlari va chegaralarini tavsiflovchi asosiy parametrlar haqida aniq tasavvur olinishi kerak. Bu parametrlar quyidagilar:
- korxona mulkdorlari, boshqaruvchilari va moliyaviy menejerlari strategik tafakkur darajasi;
- faoliyatga ta’sir etuvchi tashqi muhit muhim elementlarining holati va istiqboldagi dinamikasi haqida moliyaviy menejerlarning bilim darajasi;
- korxonada moliyaviy tahlil, rejalashtirish va nazorat tizimining amal qilish samaradorligi;
- strategik masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar.
Moliyaviy faoliyatning strategik maqsadlarini shakllantirish. Bu faoliyatning asosiy maqsadi korxona mulkdorlarining manfaatdorlik darajasini oshirish va korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirishda namoyon boʻladi. Shu bilan birgalikda bu bosh maqsad korxonaning istiqboldagi moliyaviy rivojlanish vazifalari va xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtirishni talab qiladi. Strategik maqsadlar tizimi moliyaviy faoliyatning eng samarali yoʻnalishlarini tanlash, moliyaviy resurslarning yetarlicha miqdorini shakllantirish va ular tarkibini optimallashtirish; istiqboldagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida moliyaviy risklar darajasini muvofiqlashtirish va boshqalarni ta’minlashi lozim.
Moliyaviy faoliyatning maqsadli strategik me’yorlarini ishlab chiqish. Oldingi bosqichda shakllantirilgan strategik moliyaviy maqsadlar tizimi aniq maqsadli strategik me’yorlar bilan aniqlashtirilishi lozim. Moliyaviy faoliyatning bunday maqsadli strategik me’yorlarni ishlab chiqish asosiy boshqaruv qarorlarini qabul qilish va moliyaviy strategiya ijrosini nazorat qilish uchun baza sifatida xizmat qiladi.
Asosiy strategik moliyaviy qarorlarni qabul qilish. Bu bosqichda moliyaviy faoliyatning maqsadlaridan va maqsadli strategik me’yorlardan kelib chiqqan holda korxonani moliyaviy rivojlantirishning asosiy strategiyalari alohida dominant sohalar kesimida moliyaviy siyosat moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari boʻyicha aniqlanadi. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun strategik holatlarga muqobil variantlar shakllantiriladi va ularni baholash hamda tanlash amalga oshiriladi. Bu korxona strategik moliyaviy rivojlantishining kompleks dasturini shakllantirish imkonini beradi.
Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyani baholash. Bunday baholash korxona tomonidan oʻrnatilgan maxsus iqtisodiy va noiqtisodiy mezonlar tizimi boʻyicha oʻtkaziladi. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyaga baholash natijalari boʻyicha zaruriy tuzatishlar kiritiladi, keyin esa amalga oshirishga qabul qilinadi.
Moliyaviy strategiyani amalga oshirishni ta’minlash. Moliyaviy strategiyani amalga oshirish jarayonida belgilangan strategik chora-tadbirlar oldindan buyruq asosida tayyorlanadi va tashqi moliyaviy muhit omillarining shartli kutilmagan oʻzgarishlar boʻyicha yangi boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Moliyaviy strategiyani amalga oshirish nazoratini tashkil etish. Bunday nazorat korxona moliyaviy faoliyatining asosiy strategik maqsadli me’yorlarini amalga oshirish yoʻlini aks ettiruvchi strategik moliyaviy kontrolling asosida amalga oshiriladi.
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish jarayonining keltirilgan ketma-ketlikdagi asosiy bosqichlari korxona moliyaviy faoliyati xususiyatlarini va moliyaviy menejerlar strategik tafakkurlarini hisobga olgan holda yanada aniqlashtirilishi va detallashtirilishi mumkin.