951
Korxonalarda pul mablag’lari hisobini takomillashtirish.
Turayeva Gulizahro
Guliston davlat universiteti ,,Iqtisodiyot’’kafedrasi o;qituvchisi
Nigora Jo’rayeva
Guliston agrotexnologiyalar texnikumi o’qituvchisi
Hasanova Diyora
Aliqulova Oydin
Rahmatova Nilufar
Rahmonberdiyeva Nozima
Guliston davlat universiteti ,,DO’YQIT” talabalari
Annotatsiya:
Maqolada pul mablag’lari hisobini
ham nazariy ham amaliy
jihatdan o’rganish kelgusida moliyaviy hisobning uslubiy asoslaridan biri hisoblangan
bugalteriya hisobi hisob- varaqlar rejasini moliyaviy hisobot shakllari talab qiladigan
ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash nuqtai nazaridan rivojlantirish
zarurligini ko’rsatadi.
Kalit so’zlar:
Hisob
kitob scheti, naqdsiz pul, to’lov topshiriqnomasi, aksept
me’morial order, akkreditiv, chek daftarchalari, uzoq muddatki kreditlar.
Kirish.
Ma’lumki, iqtisodiyot rivojlanishining barcha bosqichlarida
naqd pulsiz hisob
kitoblar alohida ahamiyatga ega bo’lgan va ularni hisobga olish tartibi o’sha davrdagi
iqtisodiyotning rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
naqd pulsiz hisob kitoblardan samarali foydalanish
korxonalar iqtisodiyotining
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Chunki korxonalar
faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish zahiralari
va
mehnat vositalari sotib olish, davlat byujetidan tashqari fondlar uchun to’lovlarni
amalga oshirish ma’lum miqdorda naqd pulsiz hisob kitoblar talab qiladi. Shuning
uchun ham korxonalar mavjud pul mablag’larini yuqorida ko’rsatilgan
maqsadlarga
sarflashda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli bo’lgan hamda korxonaga o’z
mablag’laridan ratsional foydalanish imkonini berishni birinchi navbatda hisobga olishi
zarur.