Daromadlarni hajmi bo‘yicha reja bajarilishini tahlili.
Daromadlarni rejalashtirish.
1.
Muvozanat narxlari - talab va taklif narxlari kesishuvchi narxdir.
Narxlarning ko‘p xilliligi mahsulot muomalasini barcha iste’molchiga mo‘ljallangan tomonlarini aks ettiradi. Kichik korxona va tashkilotlarda o‘zlari bozor narxidan farqlanuvchi narxlarni qo‘llashda cheklanganligi sabab asosiy e’tibor mahsulot turi va harakatiga qaratilmog‘i kerak, chunki uni ma’lum bozor joyida sotilishini rag‘bat-lantirish kerak.
Quyidagi kabi holatlarda narxni shakllantirishda e’tiborliroq bo‘lish talab etiladi:
- yangi mehnat mahsulotiga, yangi sotish yo‘li bilan tarqatiluvchi eski mahsulotga yoki yangi bozorlarga, narxni qiymat shkalasi bilan kalkulyatsiya qilinishiga (maxsulotlarni kichik ko‘tara partiyalar bilan sotilishida);
- firmani avvalgi o‘rnatilgan narxlarni qayta ko‘rib chiqishida, narxni kalkulyatsiya qilinishida yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilashda va narx belgilash siyosatining o‘zgarishida;
- firmada narx o‘zgarishiga raqobatchilarning ta’sirlanishini sezish masalasini ko‘rishda;
- bir-biriga yaqin, turdosh mahsulotlarga o‘rinbosar tovarlarga narx qo‘yishda o‘rnatilgan narxlar ham preyskurantli bo‘lishi mumkin.
Narxlarning maxsus turi tovar birjalari faoliyatida ham kuzatilib, birjalar kotirovkalari deb yuritiladi. O‘ziga xos narxlar turi kapital bozorida ham ishlatiladi. Ssuda kapitalining mahsulot sifatidagi qiymati foizda hisoblansa, qalbaki kapital - qimmatbaho qog‘ozlar kursida hisoblanadi.
Mehnat birjasida ishchi kuchi narxi faoliyat ko‘rsatadi, uning nomi ish haqidir.
Ta’sir ko‘rsatadigan vaqtga qarab narxlar rejali, haqiqiy (amaldagi), solishtirma, ya’ni ma’lum vaqtda belgilangan narxlarga bo‘linadi. Ta’sir ko‘rsatish muhlatiga qarab narxlar: doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy va bir martalik turkumlarga bo‘linadilar. Narxlar uzil-kesil shakllanish joyiga qarab (ishlab chiqarish joyida yoki ists’mol qilinish joyida) quyidagi turlarga bo‘linadi: