2 Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zida mujassam qiladi. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni alohida ahaiyatga ega.
Ushbu qonunning 16-moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni ham o’z ichiga olishi belgilab qo’yilgan.
Ushbu hisobotning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomni keltirish mumkin. Ushbu Nizom «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni» tartibga solish bevosita aloqador bo’lmasada, u asosiy vositalarni saqlash, ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalarning moliyaviy natijalarda aks ettirish uslubiyati belgilab berilgan. Shu bilan birgalikda asosiy vositalarning eskirish xarajatlari, nizomga olingan asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya xarajatlari talabi ham belgilangan.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning navbatdagi huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining «Soliq Kodeksi», O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 23-moddasida asosiy vositalarning amortizatsiya normalari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan barcha asosiy vositalar beshta guruhga bo’lingan va ularning har bir guruhi uchun alohida amortizatsiya normalari belgilangan. Shu bilan birgalikda ushbu moddada amortizatsiya hisoblash tartibi ham tushuntirib berilgan. Shuningdek, nizomga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalari belgilab berilgan.
Bularning barchasi korxonalarda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi. Ushbu hisobotning me’yori asosi sifatida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» hisoblanadi. Ular jumlasiga quyidagi «BHMA»larni kiritish mumkin:
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»;
5-BHMA «Asosiy vositalar»;
21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»;
22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi».
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 12-bandida moliyaviy hisobotning tarkibi belgilangan bo’lib, unda «asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» 3-shakl tuzilish belgilab berilgan. Shuningdek, uning 14-bandida moliyaviy hisobot shakllari ko’rsatkichlarining ochib berilishi belgilangan bo’lib, bu vosita moliyaviy hisobotning uchinchi shakli bo’lgan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ga ham belgilangandir. Shu bilan birgalikda ushbu «BHMA»ning 60, 61-bandlarida hisobotning davri va hisobot sanasi belgilab berilgan bo’lib, uni taqsim qilish 62-band bilan tartibga solindi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirishda 5-BHMA «Asosiy vositalar» alohida o’rin tutadi.