6-rasm.2014 yil Davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning tarmoqlar bo`yicha ulushi.
SHundan 163 kilometri tsement-beton va 335 kilometri esa asfal’t-beton bilan qoplangan yo`llardir.Uzunligi 116 kilometr bo`lgan Guliston-Ohangaron avtomobil’ yo`li, Qo`qon shahrini aylanib o`tadigan avtoyo`l foydalanishga topshirildi,
Samarqandni Toshkent, Qarshi va Olot shaharlari bilan boq’laydigan yo`llar rekonstruktsiya qilindi.2014 yilda uzunligi 240 kilometr bo`lgan temir yo`lni qayta tiklash ishlari davom ettirildi. Uzunligi 70 kilometrdan ortiq bo`lgan Dashtobod-Jizzax temir yo`l tarmoq’i bo`ylab yuk va yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. 2013 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida to`q’ridan-to`q’ri xorijiy
investitsiyalarning mutloq qiymati 402 million dollarni tashkil etgan.
Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo`lsak, o`zlashtirilgan to`q’ridan-to`q’ri xorijiy investitsiyalarning katta qismi Toshkent shahri (39,2 foiz) hissasiga to`q’ri
kelgan va xorijiy sarmoyalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan korxonalar soni mazkur yilda 273 taga ko`paygan. Umumiy hisobda mamlakatimiz bo`yicha 2011 yilda xorij sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 372 tani tashkil etgan.
Boshqa hududlar bo`yicha 6-rasmda keltiriladi.
Temir yo`l transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish ishlari, temir yo`l tarmoqlarini elektrlashtirish loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu ishlar poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo`lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish, 830 kilometrlik Toshkent-Termiz temir yo`lini to`liq elektrlashtirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |