Korxonaning narx siyosati



Yüklə 104,96 Kb.
səhifə14/19
tarix08.06.2023
ölçüsü104,96 Kb.
#127072
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
KORXONANING NARX SIYOSATI

Narx afzalligi. Bu tushuncha asosida tovarning «narxi» va uning «naflilik» nisbati yotadi. Narx afzalligi mahsulotning naflilik darajasiga bevosita bog‘liq. Xaridor tomonidan sotib olinayotgan mahsulotning naflilik ko‘rsatkichlarini his etish, ya’ni qabul qilish ikki omilni his etish bilan bevosita bog‘liq. Xarid qilinadigan tovarlarning qimmatliligi (nafligi) va narx (bahosi). Bozorda turli narxlarda va turli qimmatga ega bo‘lgan tovarlar taklifiga duch kelgan xaridor o‘zi uchun eng optimal variantni izlaydi. Xaridor har doim o‘zi mo‘ljallagan, kutgan narxda tovar sotib olishni xohlaydi.
Raqobat muhitida korxona raqobatdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun «Narx – sifat» nisbatini muntazam yaxshilashga urinadi. Bunga erishish uchun korxona iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini muntazam o‘rganib borishi, tovarga innovatsion yondashishi, uni mukammallashtirishi kerak. Raqobatning mavjudligi sifat uchun kurashdan faqat iste’molchilar yutadi. Raqobat har bir korxonaning tovarini sifatli, naflilik darajasi yuqori, qadoq shakli, vazni turli iste’molchilar segmentlariga mo‘ljallangan bo‘lishi korxona savdo aylanmasi va foydasining yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Korxonalarning «narx–sifat» nisbatini yaxshilashga doimiy urinishida avvalo, iste’molchilarning to‘lov qobilyatini ham o‘rgangan holda (ya’ni to‘lov qobilyatining maksimal darajasi) mahsulot sifatini eng yuqori darajaga ko‘tarish, mahsulot tannarxini qanchaga olib kelishini hisob–kitob qilishlari kerak. Bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan narxni Target costing (maqsadli) usulini qo‘llab topish mumkin. Bu «maqsadli baho» korxonada «yangi mahsulot» ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy xarajatlarning shakllanishi uchun bazaviy bo‘lib hisoblanadi. Maqsadli bahodan qancha foyda olish mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha miqdor ayriladi, natijada maqsadli xarajatlar miqdori kelib chiqadi. Maqsadli xarajatlarni mahsulotga ketadigan barcha ingrediyentlariga bo‘lib chiqib, butun mahsulotning bozor bahosi aniqlanadi. Ya’ni mahsulot kalkulyatsiyasi hisoblanib, uning tannarxi va sotilish narxlari (chakana, ulgurji) belgilanadi.
Narx qulayligi. Raqobatchilar mahsulotlarga ko‘ra sizning firmangiz mahsuloti va uning narxini ijobiy qabul qilgan xaridor o‘zida qoniqish hosil qiladi. Katta hajmdagi ulgurji xaridorlardan bitim tuzish orqali «narxning qulayligi»dan xaridor ko‘p iqtisod qiladi. Ya’ni foyda ko‘radi. O‘zida bor pulga narx arzon bo‘lgani uchun 1 tonna emas, 1,5 tonna mahsulot sotib olish imkoni tug‘iladi.
Xaridorda narxdan qoniqishni ko‘tarish uchun bir necha imkoniyatlar mavjud.
Birinchi imkoniyat - turli aksiyalar, bayram chegirmalari, mavsumiy chegirmalar, sovg‘a qo‘shib sotish, sotuvdan so‘ng kafolatlangan bepul servis ko‘rsatish kabilar xaridorning narxdan qoniqishini oshiradi.
Ikkinchi imkoniyat – narxlarni shunday shakllantirishdan iboratki, u xaridorni o‘ziga tez jalb qilsin. Masalan, A mahsulot – 600 so‘m,
B mahsulot – 1000 so‘m, bular orasidagi 400 so‘m farq xaridor ko‘ziga tez tashlanadi. Boshqa mahsulotning narxi 20000 so‘m, ikkinchisiniki 19600 so‘m, bu yerdagi 400 so‘m farq esa xaridor tomonidan sezilmasligi ham mumkin. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, narxdagi farqlar absolyut holda qabul qilinmaydi. Bu yerda narx «ostonalari» ahamiyatga ega bo‘lib, masalan, bir qator kichik narx ko‘tarilishlari birdaniga katta narx ko‘tarilishiga qaraganda iste’molchi tomonidan yengilroq qabul qilinadi.
Chakana savdoda yaxlit narxlardan ko‘ra «siniq» narxlar ko‘proq qo‘llanadi. (6000 so‘m o‘rniga 5,899 so‘m xaridor tomonidani yaxshiroq qabul qilinadi).

Yüklə 104,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin