Kovalent bog'lanish Kovalent bog'lanish, asosan, metalmas atomlari orasida vujudga keladi. Atomlarning o'zaro bir yoki bir necha elektron juftlik hosil qilishi natijasida vujudga keladigan bog'lanish kovalent bog'lanish deyiladi. Kovalent bog'lanish tabiatiga ko'ra 2 xil bo'ladi:
1.Qutbsiz kovalent bog'lanish. Elektromanfiylik qiymati jihatidan o'zaro teng bo'lgan element atomlari o'rtasida vujudga kelgan bog'lanish qutbsiz kovalent bog'lanish deyiladi.
Bunda atomlar o'rtasida hosil bo'lgan umumlashgan elektron juftlik har ikkala atom
yadrolaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Qutbsiz kovalent bog'lanishli moddalarga, ko'pincha, oddiy moddalar , , , molekulalarini misol qilishi mumkin.
2. Qutbli kovalent bog'lanish. Elektromanfiylik qiymatlari jihatidan birbiridan oz farq qiladigan element atomlari orasida vujudga kelgan bog'lanish qutbli kovalent bog'lanish deyiladi. Masalan, ; ;
Bunda atomlar o'rtasida hosil bo'lgan umumlashgan elektron juftlik elektromanfiyligi kuchliroq element atomi tomon siljigan bo'ladi, natijada molekulani bir tomonida musbat qutb, ikkinchi tomonida manfiy qutb (dipol)
vujudga keladi. Molekula qutbli bo'ladi. Elementlarning kovalent bog'lanish hosil
qilish xususiyati, ularning kovalentligi (valentligi) deyiladi.