Kredit va qarz munosabatlari


Kredit oluvchi — kredit munosabatlarida qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. Kredit oluvchi subyektlar sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar maydonga chiq



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/3
tarix05.11.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#67567
1   2   3
Kredit va qarz munosabatlari

Kredit oluvchi — kredit munosabatlarida qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. Kredit oluvchi subyektlar sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar maydonga chiqadi.

  • Kredit oluvchi — kredit munosabatlarida qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. Kredit oluvchi subyektlar sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar maydonga chiqadi.
  • Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy-iqtisodiy qonunlar va tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo’lib, ushbu manfaatlar o‘zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‘y beradi. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy manfaatdorlik (foyda) ni foiz ko‘rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kredit munosabatlarida kreditor uchun kredit oluvchi shaxsning qanday shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi judayam muhim emas, asosiysi berilgan kredit o‘z vaqtida va tegishli foiz to’lovi bilan to’liq qaytishi muhim hisoblanadi

Bank kreditiga bo‘lgan talab sotilgan mahsulotdan tushgan tushum bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzga kelishi oqibatida paydo bo‘ladi. Amalga oshirilgan to‘lovlar bilan sotilgan mahsulotdan tushgan tushum o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovut qator sabablarni keltirib chiqaradi. Birinchi sabab - asbob-uskunlarni yangilash va yangi materiallarni yaratish maqsadida aylanma mablag‘larni pul resurslari bilan to‘ldirib borishdan iborat. Resurslarni belgilangan miqdorda shakllantirish faqat xo‘jalik faoliyatini yuritish davrining oxirida yuz beradi. Ikkinchi sabab - qishloq xo‘jaligi xom ashyolari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi sanoat korxonalari mavsumda mahsulotlarni yoppasiga tayyorlash jarayonida xom ashyo zahiralarini jamg‘arishda pul mablag‘larining etmasligi holati bo‘lishi mumkin. - korxonalar minimal talab asosida topshiriqlarni amalga oshirish uchun o‘zining pul mablag‘lari manbaini taqsimlaganligi sababli qarz mablag‘lariga nisbatan doimiy zaruriyat va ehtiyoj sezadi
Xalqaro kredit jahon xo‘jalik tizimida ijtimoiy mehnat taqsimoti va mehnat faoliyati mahsulini ayirboshlash bilan o‘zaro bog‘liq. Xalqaro kredit - bu tovar yoki valyuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to‘lash shartlari asosida ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda ko‘rinishidagi kapitalning harakatidir.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli - takror ishlab chiqarish rivojlanishini ta’minlash va kengaytirish orqali namoyon bo‘ladi, u tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishi va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kreditning salbiy roli - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda yuz beradigan qarama-qarshiliklarni kuchaytirishda namoyon bo‘ladi, natijada iqtisodiyotda nomutanosiblik yuzaga keladi, kreditga tovarlarni ayirboshlash tezlashadi, mamlakatlar o‘rtasida ssuda kapitallari qayta taqsimlanadi, iqtisodiy ko‘tarilish va davriy pasayish davrida ishlab chiqarish o‘ta tezlashadi.
Kredit munosabatlarining mohiyatini ularning tashqi ko‘rinishini yoritib berishga urinib ko‘radi. Kreditning izohlanishi 1) pul munosabatlari; 2) mablag‘larning farmoyish shakllari; 3) vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jamg‘arish va qayta taqsimlash kabilardir.
2022-yil fevral oyida O’zbekistondagi ikkilamchi ipoteka krediti taqdim etuvchi tijorat banklari o’rganib chiqdi va eng qulay tariflarni tanladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin