r = i + x, bu erda, x – inflyasiyaning kutilayotgan darajasi.
Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli - tumanligi mavjud.
Foiz stavkalarning birinchi darajasi – markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.
Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi, kredit resurslarining banklararo bozoridagi, taklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar birinchi darajali banklar evrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo‘yicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo‘yicha o‘rtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan o‘rtacha stavka tushuniladi.
FV = 1000 dollar * 1,10 = 1100 dollar.
Agarda Siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha bo‘ladi? Ikkinchi yil davomida Siz 1100 dollarli summaga yillik 10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga teng bo‘ladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib Siz 1210 dollarning egasi bo‘lasiz.
Murakkab foizlarning tabiati to‘g‘risida aniq bir tasavvurga ega bo‘lish uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga bo‘lamiz. Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism bo‘lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi.
Oddiy foizlar. Omonatning asosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi.
Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan bo‘lib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga hisoblangan.
Murakkab foizlar / To‘langan foizlarga hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat.
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar.
Uch yildan so‘ng ushbu summa:
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar.