yuzalarini hisobga olgan holda yoritilganlikni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Volframli cho‘g‘lanuvchi lampalar nurlanishining nisbatan IQ nurlanishi kuproq
bo‘lgani uchun, o‘lchash jarayonida QE va batareyalarini isishiga olib keladi. Shuning
uchun, ko‘pincha lampa va QE lari orasiga IQ nurlanishni qisman qirqadigan filtrlar
quyiladi. Bu filtrlar asosan shaffof plastinaga (misol shishaga) o‘tkazilgan ITO (indiy
va qalay oksidi aralashmasi) qatlamlaridan tayyorlangan.
Cho‘g‘lanuvchi lampa optik nurlanishining IQ qismini
kamaytirishning boshqa
usuli bu issiqlikni yutuvchi filtrlarni ishlatishdir. Bu filtrlar qalinligi 20-40 mm li suv
quyilgan shaffof idishlardir. Oddatda o‘lchash jarayonida bu suvli filtrni o‘zini sovutish
uchun radiator qurilmasi yoki bevosita oquvchi suv ishlatiladi.
Nisbatan katta o‘lchamli quyosh batareyalarining ko‘p sonli guruhlari
parametrlarini o‘lchash uchun QNI lar impulsli ksenon lampalar asosida tayyorlanadi.
Bu qurilmalar optik qismlarsiz ishlaydi. Bir tekis yoritilganlikka
erishish uchun
lampalar QB laridan keraklicha uzokda joylashtirilishi mumkin. Optik spektrni
standartga spektrga yaqinlashtirish uchun interferension yoki ba’zan
suvli filtrlar
ishlatiladi. Impulsli ksenon lampalar asosidagi QNI lardan foydalanilganda ular
isimaydi, va harorati uy haroratiga qkinligicha qoladi.
Maxsus tajribalar va sinovlar uchun turli davlatlarda quyosh batareyalarini o‘lchash
harorati turlichadir, misol AQSh va Evropada standart sifatida 28º S qabul qilingan.
Har xil atmosfera massasida o‘lchash uchun QNI yasash qiyin masala. Yer
sharoitida Quyosh nurlanishining spektral tarkibi vaqtga qarab o‘zgaradi. Misol uchun
AM 1,5 standarti uchun spektral diapazon 0,4-1,1 mkm orasidadir.
Dostları ilə paylaş: