Kresna Social Science and Humanities Research
Proceedings of the International Conference on Sustainable Development:
Problems, Analysis And Prospects
ISSN 2774-3918 (online), https://ksshr.kresnanusantara.co.id. Published by Kresna Nusantara
Copyright © Author(s). This is an open-access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License (CC BY).
To view
a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/.
5
O„qituvchi o„quv fanidan o„quvchilarning bilim va malakalari haqida to„liq ma‟lumotga
ega bo„lishi va boshqalar.
Zamonamizning atoqli pedagoglaridan biri professor R. Hasanov maktab tasviriy san‟at
o„qituvchisiga ta‟rif berar ekan, quyidagilarni alohida ta‟kidlaydi: “Mahoratli o„qituvchi
bo„lish uchun yuksak odob namunasiga ega bo„lishi, har qanday og„ir sharoitda ham o„zini
tuta bilishi, sabr-toqatli, sahovatli, muruvvatli, ijodkor,
mehnatsevar, halol, pok, insofli,
iymonli, o„rganuvchi va o„rgatuvchi kabi yuksak ma‟nodagi hislatlarni o„zida mujassam
etgan pedagog-rassom bo„lishi kerakligini bildiradi”.
2
Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san‟at o„qituvchisi yuksak tasavvurga ega,
tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o„z fanini a‟lo darajada biladigan,
ijodkor rassom,
pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur o„rgangan, tasviriy san‟at metodikasi bilan yaxshi
qurollangan, tasviriy san‟at darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy
san‟at o„qituvchisi bo„lishi lozim.
O„quvchilarni har jihatdan bilish uchun o„qituvchi tomonidan o„quvchilar orasida pedagogik
va psixologik tashxis o„tkazishi zarur bo„ladi. Bu ish bevosita quyidagilar bilan bog„liq:
o„quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va
ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati,
tashabbuskorligi,
mustaqilligi, uyda mashg„ulotlar uchun bo„lgan shart-sharoitlari va
boshqalar.
Shuningdek, o„qituvchi o„quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari, qaysi san‟at
turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi muhim. Chunki
o„quvchilarning bunday narsalarga
qiziqishlariga qarab, ularga samarali ta‟sir ko„rsatish
mumkin. Bu sifatlardan tashqari o„qituvchi, o„quvchilarning tasviriy san‟atga doir
xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada o„qituvchi har bir o„quvchining dars jarayonida
bilim va malakalaridagi o„sishni bilib turishi kerak.
Tabaqalashtirilgan ta‟limni amalga oshirishda,
birinchidan, o„quvchilarga tasviriy san‟atdan
beriladigan bilim va malakalarning me‟yori, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt,
o„quvchilarning bu topshiriqqa bo„lgan layoqatini o„qituvchi tomonidan aniq tasavvur etilishi
lozim.
Ikkinchidan, ta‟lim mazmunini bolalar ongiga singdirish uchun metodikani to„g„ri
tanlash hamda bu metodikani amalga oshirishga xizmat qiladigan moddiy texnikaviy asosni
yaratish muhimdir. Buning uchun o„qituvchi darsga chuqur va puxta tayyorgarlik ko„rgan
bo„lishi lozim. Bundan tashqari o„qituvchi o„quvchilarning bilim va malakalaridagi
o„zgarishlarni ham bilib turishi muhim ahamiyatga ega.
XXI asr ta‟lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etish asri desak maqsadga
muvofiq bo„ladi. Bo„lajak mutaxassislarni har tomonlama zamon talabi darajasida
tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbga nisbatan ko„nikma
va malakalarini
shakllantirish lozim. Shundagina ular kelgusi faoliyatlaridan unumli foydalanishga erishishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: