Agar kristall panjarada atomlar barcha kristall yo’nalishlarida bexato davriy ravishda joylashgan bo’lsa bunday kristallni ideal kristall deyiladi. Real kristallarda turli sabablarga ko’ra nuqsonlar uchrab turishi yuqorida qayd etilgan usullar bilan isbotlangan.
Kristall panjaraning nuqsonlari ularning mexanik, issiqlik, elektr va boshqa fizik-ximik xossalariga katta taosir ko’rsatadi. Shuning uchun nuqsonlarning asosiy turlari va hosil bo’lish mexanizimlari bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Kristall ichidagi to’planish joyiga qarab nuqsonlar nuqtaviy, chiziqli, va hajmiy nuqsonlarga bo’linadi.
Issiqlik harakati tufayli kristall panjara tugunlaridagi atomlar o’z joylarini tark etib (13.5-rasm) tugunlar orasiga o’tib olsa, bunday nuqsonni nuqtaviy yoki Frenkelp nuqsonlari deyiladi. Atom ketib qolgan joyni “vakant” joy deb ataladi. “Vakant” joylar qo’shni tugundagi atomlar tomonidan egallanishi va natijada atomlarning (tugunlarning) kristall bo’ylab estafetali harakati sodir bo’lishi mumkin. Nuqtaviy nuqsonlar sirt qatlamidagi atomlarning birontasini butunlay bulanib ketishi yoki bulangan atom kristall sirtida yangi qatlam tugunini hosil qilishi tufayli ham sodir bo’lishi mumkin (14.6-rasm). Bunday nuqsonlarni SHottki nuqsonlari deyiladi. O’z joyini yo’qotgan atomlar “vakant” joylarga yaqinlashganda ularda ushlanib qolishi natijasida “vakant” joyni to’ldirishi mumkin. Bu hodisani nuqsonlarning rekombinasiyasi deyiladi.Nuqsonlarning hosil bo’lishidan rekombinasiyalanishigacha o’tgan vaqtni nuqsonlarning yashash vaqti deyiladi. Nuqtaviy nuqsonlar kristall panjaraga begona element atomlari kirib qolganda ham hosil bo’ladi. Bunda begona atom tugunlarning biriga yoki ularning oraliiga joylashishi mumkin. Natijada kristallning shu joyi deformasiyalanadi (13.7-rasm).
Chegaraviy yoki vintli deb atalgan dislokasiyalarni chiziqli nuqsonlar deyiladi. Ular kristallarda tashqi kuchlar taosirida noelastik siljish deformasiyasi sodir bo’lganda kuzatiladi(13.8-rasm).
Sirt nuqsonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) tashqi mu’it bilan taosirlashish natijasida kristall sirtiga begona element atomlarining o’tirib qolishi hamda shu tufayli sirtda oksid qatlamlarning hosil bo’lishi;
b) kristall panjaraning ayrim joylarida fazoviy yo’nalishlarning o’zgarib qolishi tufayli ichki nuqsonlar paydo bo’ladi.
Kristall ichida to’planib qolgan nuqtaviy nuqsonlar, darz ketgan joylar, bo’shliqlar, stexiometriyaning buzilishi (qattiq eritmalarda) hajmiy nuqsonlarni tashkil etadi.