Ulanish zanjirlariga muvofiq ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar quyidagi turlarga ajratiladi:
— galvanik (hevosita) ulanishli kuchaytirgichlar — ham o'zgaruvchan, ham o ‘zgarmas signallami kaskadlararo uzatish imkonini beradi;
— RC — ulanishli kuchaytirgichlar — ilgarigi kaskad chiqishini keyingi kaskad kirishi bilan rezistor — sig'imli zanjir orqali bogiash; — induktiv (transformatorli) ulanishli kuchaytirgichlar — kaskadlar orasiga transfor ator ulash.
Integral ko‘rinishda yaratilgan kuchaytirgich qurilmalarda faqat galvanik ulanishdan foydalaniladi. Kuchaytirgichda signallar buzilishi. Kuchaytirgichda signal kuchaytirilishi bilan shakli o ‘zgarm asligi kerak. Chiqish signali shaklining kirish signali shaklidan farqlanishi signal buzilishi deb ataladi. Buzilishlar ikki xil bo‘ladi: chiziqli va nochiziqli.
Chiziqli buzilishlar tranzistor va kuchaytirgich qurilma boshqa elem entlari param etrlarining chastotaga bog‘liqligi sababli yuzaga keladi. Elektr signallar turli chastotaga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, kuchaytirish koeffitsientlari chastota o‘zgarishi bilan qanday o ‘zgarishini bilish muhim. Kuchaytirgichning amplituda — chastota xarakteristikasi (AChX) deb KU, ning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirilayotgan signal chastotasiga bog‘liqligiga ataladi. AChX yordam ida (8.4-rasm ), kuchaytirgich ishlaydigan chastotalar diapazonining past va yuqori chastotalarida chastota buzilish koeffitsientlari
MP va MYu ni aniqlash mumkin:
KU(fP)=KU0/MP;KU(fYU)=KU0/MYU bu yerda: KV0 -nominal kuchaytirish koeffitsienti, ya’ni КV o‘zgarmas bo'lgan chastotalar oralig'idagi kuchaytirish koeffitsienti.
Kuchaytirgichga qo'yiladigan talablarga mos ravishda Mp va MYu qiymatlari 1,4 dan 3--5 gacha olinadi. Agar Mp va MYu qiymatlari berilmagan bo‘lsa, MP = M YU= ^ 2 =1,4(agar kuchaytirish koeffitsienti detsibellarda ifodalansa, kuchaytirish 3 dBga pasayishini anglatadi) bo’ladi.