A sinf kuchaytirgichlar. A sinf kuchaytirgichlarda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikaning kvazichiziqli sohasi o'rtasida joylashadi (8.6, a va b rasmlar). Ushbu rejimda kirish signalining to'liq davri davomida tranzistor chizish zanjiridan tok oqadi. Nochiziq buzilishlar minimal (KG≤ 1 %), chunki kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziqli sohasida yotadi. Agar (8.2) formulaga UCHIQm = 1/2EM,;lCHiQm = IO’RT qo‘yilsa, FIK qiymati
ŋ = 1/4, ya’ni 25 % ni tashkil etadi.
A rejim kuchaytirgichlarda ŋ qiymati kichik bo'lgani sababli, u kichik quwatli kirish kaskadlarda ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar uchun ŋ hal qiluvchi aham iyatga ega em as, ularda KG muhim hisoblanadi.
В sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo'ladi (8.7, a va b rasmlar). Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o ‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli garm onik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi.
Hisoblashlar ko‘rsatishicha, В sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo'ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o ‘rta va katta quw atli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun В sinf afzalroq.
Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri В sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. В sinf kuchaytirgichlarning kuchaytirilgan signaOarida signal buzilishlari katta bo‘lgani sababli kuchaytirgichlarda В sinf amalda ishlatilmaydi.
AB sinf kuchaytirgichlar. AB kuchaytirish rejimida ishchi nuqta berkitish chegarasida emas, balki EO ‘ to ‘g‘ri (zatvor-istok o ‘tish teskari) siljitilgan sohada, A sinfidagiga qaraganda ancha kichik toklarda
bo‘ladi.
FIKi kichik bo'lgani sababli A sinf m ikroelektronikada kam ishlatiladi. В va AB sinflarning ikki taktli kuchaytirgichlari keng tarqalgan. D sinf kuchaytirgichlari. Ular impulsli quw at kuchaytirgichlarda
ishlatiladi. D sinf shuningdek kalit rejim deb ham nomlanadi. Ushbu ishchi rejimda tranzistor faqat ochiq yoki berk holatda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday kuchaytirgich kaskadning FIK birga yaqin
bo'ladi. D sinfda ishlayotgan kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi hamma vaqt to‘g‘ri burchakli impuls ko‘rinishiga ega bo'ladi va kirish signalining kuchaytirilishi, yoki uning davomiyligi, yoki fazasi o'zgarishi hisobiga amalga oshadi.